Tayanch tushunchalar: tamoyil, daraja, bosqich, pedagogik diagnostika
tamoyillari, pedagogik diagnostika darajalari, pedagogik diagnostika bosqichlari,
pedagogik faoliyat, pedagogik faoliyatni tashxislash.
Ma’lumki, u qanday tur yoki shaklda bo‘lishidan qat’i nazar faoliyatning samarali
kechishida uning muayyan tamoyillarga muvofiq amalga oshirilishi ahamiyatli
sanaladi. Shu sababli malaka oshirish kurslarida pedagog kadrlarning kasbiy
kompetentligini tashxislash va baholashga qaratilgan faoliyatni tashkil etishda ham
ustuvor tamoiyllarni belgilashga e’tibor qaratildi.
“Tamoyil” (lot. “principium” – boshlang‘ich) tushunchasi nazariy
jihatdan muayyan ta’limot, nazariya, fan yoki qarashlarning asosiy,
boshlang‘ich holati degan ma’noni anglatadi.
Berilgan ta’rifga tayangan holda “pedagogik diagnostika tamoyillari”
tushunchasining mazmunini izohlash mumkin.
Pedagogik diagnostika tamoyillari – pedagogik diagnostikaning
mazmuni,
maqsadi,
ijtimoiy-didaktik,
tarbiyaviy
ahamiyati,
qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, uni qo‘llash shartlarining
mohiyatini yorituvchi yetakchi, asosiy g‘oyalar.
Quyidagi tamoyillar “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining
ustuvor tamoyillari
24
sanaladi (6-rasm).
1. Maqsadning aniqligi. Tashxislash jarayonida maqsadning aniqligi
o‘quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni aniqlash, muayyan sifatlarga egalik
darajasini belgilash hamda kutilgan natijalarni bashoratlash imkoniyatini
ta’minlaydi.
2. Tashxis jarayonining yaxlit o‘rganilishi. Ob’ekt yoki sub’ektni
tashxislashga qaratilgan jarayonning yaxlit tashkil etilishi o‘qituvchi ega bo‘lgan
ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish, tashxis va baholashda barcha
omillar, tarkibiy qismlarni,
ularning o‘zaro aloqadorligini inobatga olinishini ta’minlaydi.
24
Инназаров М.А. Малака ошириш тизимида педагог кадрлар касбий компетентлигини
ташхислаш ва баҳолаш технологиялари: пед.фанл.бўйича PhD ...дис. – Т.: 2020. – 50-52-б.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |