157
Sog‘lom oilalarda, odatda, uning a’zolari bir-birlariga hurmat bilan
munosabatda bo‘ladi, har bir sub’ektning qiziqishlari,
xohish-istaklaridan xabar
bo‘linadi, ijobiy mazmunga ega hayotiy intilishlari o‘zaro qo‘llab-quvvatlanadi.
Qolaversa, farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan oila an’analari
shakllanadi. Oilaviy qadriyatlar ota-onalar, farzandlar, keksa yoshli oila a’zolari
o‘rtasida hamjihatlik, ahillikni qaror toptirishga xizmat qiladi.
Shaxslararo
munosabatlar ma’naviy-axloqiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday oilada har qanday zo‘ravonlik, kamsitish, huquqiy tengsizlik,
kimgadir alohida imtiyoz berish kabi holatlar inkor qilinadi. Aksincha,
oilaga
taalluqli bo‘lgan barcha masalalar imkon qadar ota-onalar, oilaning keksa yoshli
a’zolari o‘rtasida, ayrim holatlarda farzandlar ishtirokida o‘zaro maslahat asosida
hal qilinadi. Odatda, sog‘lom oilaning a’zolari ijtimoiy jihatdan ham faol bo‘ladi.
Eng muhimi, sog‘lom oilaning a’zolari ularning axloqan yetuk,
jismonan, ruhan
tetik bo‘lishlariga yordam beradigan odatlarni o‘zlashtiradi.
Boshqacha aytganda, sog‘lom oilalarda ijtimoiy axloq talablariga rioya
qilinadi. Ya’ni, oila a’zolari tomonidan
spirtli ichimliklarni, giyohvand, tamaki
mahsulotlarini iste’mol qilish, tartibsiz jinsiy hayot, ishratparastlik,
bir-birlariga
qo‘pol muomalada bo‘lish, jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlik inkor qilinadi. Bu
kabi ijtimoiy axloq talablariga bo‘ysunmaslik, ularga zid ish ko‘rish oilaning
nosog‘lomligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: