Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
Nosog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi
ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan, shaxslararo munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvor bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunmaydigan va o‘zaro qo‘llab-quvvatlamaydigan, moddiy jihatdan ta’minlanmagan oila. Bu kabi oilalarning a’zolarida ko‘p holatlarda ruhiy, ba’zan jismoniy nosog‘lomlik ko‘zga tashlanadi. Ularda ijtimoiy axloq me’yorlaridan og‘ish – jinoyat, surunkali ravishda giyohvand moddalar, tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, betartib jinsiy hayot kechirishga moyillik kuzatiladi. Farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutish uchun oilada sog‘lom muhit, shaxslararo iliq, samimiy munosabatlarni qaror toptirish muhimdir. Aks holda oiladagi muhit farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tomonidan turli deviant va delikvent xulq-atvorlarning o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi. Psixologik nuqtai nazardan “oilaning salomatligi ma’naviy-axloqiy, individual psixologik, ijtimoiy-psixologik, psixologik-somatik, bioenergetik kabi darajalar bilan belgilanadi” 118 . Oilaning sog‘lom hamda nosog‘lomligini belgilashda unda qaror topgan psixologik muhit (oila a’zolarining o‘zaro bir-birlarini tushunishlari, qo‘llab- quvvatlashlari, zarur vaziyatlarda bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari), ota- onalarning pedagogik madaniyati (oila xo‘jaligini yuritish, oila byudjetini shakllantirish, farzandlarni tarbiyalash), farzandlarning mehnat malakalari (oila 118 Уровни психологического здоровья семьи // https://studme.org/137476/psihologiya/urovni_ psihologicheskogo_ zdorovya_semi. 158 xo‘jaligini yuritish va mehnat taqsimotidagi ishtiroki) hamda ularning oila qurishga tayyorligi (nikoh va oilaning mohiyatini tushuna olishi, oila iqtisodiyotini shakllantirish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaga tegishli bo‘lgan muammolarni hal qilishda mas’uliyatni anglashi) tashxislanadi. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling