Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Inklyuziv ta’lim (ing. “inclision” – o‘z ichiga olish, kiritish, 
uyg‘unlashtirish) davlat siyosati bo‘lib, nogironligi yoki boshqa 
sabablar tufayli (tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar, turli hil kasalliklarga 
chalingan ijtimoiy himoyaga muhtoj mayda millat bolalari) maxsus 
yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni sog‘lom tengdoshlari bilan birga 
umumta’lim muassasalarida o‘qitish va tarbiyalashni ko‘zda tutadi. 
Respublika OTMda Pedagogik turkum fanlar doirasida “Korreksion 
pedagogika” mustaqil fan sifatida o‘qitilgani sababli ayni o‘rinda ushbu fan 
asoslari xususida batafsil to‘xtalmay, asosiy e’tiborni umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida kuzatiladigan korreksion hodisalar va ularning pedagogik tuzatish 
yuzasidan so‘z yuritiladi.
Korreksiyalash_va_korreksiyalashning_ustuvor_tamoyillari.'>II. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari. Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida pedagogik jarayonida o‘quvchining o‘qishi va xulqi bilan bog‘liq salbiy 
holatlarni bartaraf qilishda o‘qituvchi, maktab psixologi, tibbiyot xodimi tomonidan korreksion 
faoliyat tashkil etiladi. Korreksion faoliyatning asosini korreksiyalash tashkil qiladi.
Korreksiya (yun. “correctiio” – tuzatish; pedagogikada – pedagogik tuzatish) – 
pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal 
bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki 
to‘liq tuzatilishi
121
.
Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) – o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan 
og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan
maxsus hamda umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini 
tashxislash asosida o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni 
bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus hamda umumiy pedagogik 
chora-tadbirlarning ko‘rilishi. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling