Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


III. “O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

III. “O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini
aniqlash” nomli anketa (N.A.Shamova) 
(o‘quv va o‘qituvchining nuqtai nazariga ko‘ra) 
1. Darsdagi ishchanlik qobiliyatining darajasi: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 (kerakli 
raqamni chizing). 
2. Diqqatning dars vaqtidagi holati: doimo yuqori; ba’zan yuqori – ba’zan 
past; tez-tez bo‘linadi; diqqatni jamlash qiyin. 
3. Darslarda topshiriqlarni bajaradi: to‘la holda; xohishiga qarab, qachonki, 
topshiriq qiziqarli, oson, tushunarli, o‘ziga xos bo‘lsa va ijodiy yondashuvni 
taqozo qilsa; qisman, onda-sonda. 
4. O‘qituvchining tushuntirishini diqqat bilan tinglaydi. 
5. Qiziqarli savollar beradi. 
6. Yozma va og‘zaki matnlarda o‘ziga xos mulohazalarni bildiradi. 
7. Ijodiy topshiriqlarni sidqidildan bajaradi.
8. O‘quv predmeti bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashadi. 
9. Predmetni tushunadi: chuqur; yuzaki; qisman; yomon. 
10. Mikroguruh (sinf)dagi o‘rni: yetakchi rolini bajaradi, sustkash, 
muhokamalarda faol ishtirok etadi. 
11. Sidqidildan: doskada javob beradi; ijodiy topshiriqni bajaradi; yozma 
ishlarni bajaradi. 
12. O‘quv predmet o‘zlashtirganman deb hisoblaydi: chuqur; yetarlicha; 
qisman. 
13. O‘quv predmeti bo‘yicha yuqori baholarni olishni yaxshi ko‘radi. 
14. Bordi-yu, o‘qituvchi o‘quv faoliyatidan norzi bo‘lsa, u holda tashvishga 
tushadi. 
15. O‘quv materiallarini kerakli sur’at (zarur vaqt)da o‘zlashtira olmayapman, 
shu sababli o‘qituvchining maxsus yordamiga ehtiyojim bor. 
16. Topshiriqlarni bajara olaman: istalgan murakkablikdagi; yetarlicha 
murakkab bo‘lgan; o‘rtacha murakkablikdagi; oddiy masalalarni. 
17. O‘quv topshiriqlarini va ularni bajarishni yoqtiraman: mustaqil; ota-
onamning yordami bilan; o‘qituvchining yordami bilan; sinfdagi tengdoshlarim 
bilan birgalikda. 


179
18. Darsdagi xulq-atvori: tartibli; kamdan kam holatlarda tartibni buzadi; 
o‘quvchiga o‘qituvchining “quyushqondan chiqarishi” yoqadi; o‘quvchi 
boshqalarning g‘ashini keltiradigan qiliqlar qiladi; darslarda qo‘pollik qiladi. 
19. O‘qituvchiga assistent, yordamchi sifatida ko‘maklashadi. 
20. Turli hayotiy va muammoli masalalar bo‘yicha o‘qituvchi bilan 
maslahatlashishni yoqtiradi.
Shunday qilib, pedagogik diagnostikaning muhim tarkibiy elementi, 
tashxislash natijasida aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etishning natijasi 
korreksiyalash (pedagogik tuzatish) sanaladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
ko‘p kuzatiladigan salbiy hodisalar fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda xulqiy 
me’yordan og‘ish sanaladi. Pedagogik tashxislash natijalariga ko‘ra tashkil 
etiladigan korreksiyalash (pedagogik tuzatish) fanlarni o‘zlashtira olmaslik hamda 
xulqiy me’yordan og‘ish kabi salbiy holatlarni to‘liq yoki qisman bartaraf qilish 
imkonini yaratadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kuzatiladigan fanlarni o‘zlashtira olmaslik 
o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi
mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik 
kabilar bilan izohlanadi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik bir qator pedagogik, 
ijtitmoiy, psixologik va biologik sabablarga ko‘ra yuzaga keladi. Korreksiyalash 
(pedagogik tuzatish)da fanlarni o‘zlashtira olmaslikni keltirib chiqaruvchi 
sabablarni o‘rganish, uning darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega. 
Maqsaddan kelib chiqqan holda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligini 
korreksion faoliyat bir necha bosqich (pedagogik tashxislash, pedagogik 
konsilium, tibbiy tekshirish va tahlil, ota-onalar uchun psixologik-pedagogik 
maslahat, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, pedagogik refleksiya, 
pedagogik strategiya)da amalga oshiriladi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling