Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy qoloqlik
- Ijtimoiy og‘ish
Asosiy turlari
Jismoniy og‘ish Pedagogik og‘ish 30-rasm. Me’yordan og’ishning asosiy turlari Ruhiy og‘ish 187 ekologik vaziyat; turmush darajasining pastligi; oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy unsurlar miqdorining yuqoriligi; nurlanish; turli ko‘rinish hamda darajada jarohat olish; aholining tibbiy madaniyatga ega emasligi yoki uning pastligi; shaxsda o‘zining va atrofdagilarning salomatligiga nisbatan mas’uliyatning shakllanmaganligi. Me’yordan og‘ishning yana bir turi – ruhiy og‘ish hisoblanadi. Ruhiy og‘ish – aqliy faoliyatni tashkil etish, psixologik holatni boshqara olish qobiliyatining butunlay yoki ma’lum darajada yo‘qotilishi. Bu turdagi og‘ish shaxsning aqliy rivojlanishda ortda qolishi va ruhiy nuqsonlarga egaligini belgilaydi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar sababli yuzaga keladi. Bolalar o‘rtasida aqliy qoloqlikning yengil (aqlsizlik) va og‘ir (tentaklik) shakllari kuzatiladi. Nutqning buzilishi ham ruhiy nuqsonlar sirasiga kiradi. Ruhiy og‘ishning eng og‘ir shakllari autizm (yun. “autos” – o‘zim; ijtimoiy munosabatlar va muloqotga ehtiyoj sezmaslik) hamda suisid (o‘z-o‘zini o‘ldirish, suiqasd) sanaladi. Voyaga yetmagan o‘rtasida ijtimoiy og‘ish ham ko‘zga tashlanadi va globallashuv sharoitida uning darajasi ortib bormoqda. Ijtimoiy og‘ish – individning to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi. Ijtimoiy og‘ish bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ular: me’yordan xulqiy og‘ish (tajovuzkorlik, giperfaollik, qo‘pollik, xudbinlik, dilozorlik); yetimlik; aroqxo‘rlik; giyohvandlik; taksokomaniya; fohishabozlik; daydilik; huquqbuzarlik; jinoyat sodir etishga moyillik va boshqalar. Shaxsning me’yordan psixologik va ijtimoiy og‘ishi “me’yordan xulqiy og‘ish” sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda me’yordan xulqiy og‘ish umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham kuzatilmoqda. Ijtimoiy og‘ishning yetimlik; aroqxo‘rlik; giyohvandlik; taksokomaniya; fohishabozlik; daydilik; huquqbuzarlik; jinoyat sodir etishga moyillik kabi ko‘rinishlari “Ijtimoiy pedagogika” fanining tadqiqot predmeti bo‘lganligi sababli bu urinda ularning mohiyati, kelib chiqish sabablari, proflaktikasi, diagnostikasi va korreksiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling