Tayanch tushunchalar: xulq, ijtimoiy xulq, ijtimoiy xulq ko‘nikmalari,
o‘zalshtira olmaslik, ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik, me’yordan
xulqiy og‘ish, me’yordan xulqiy og‘ish turlari, jismoniy og‘ish, psixologik og‘ish,
ijtimoiy og‘ish, pedagogik og‘ish, ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira
olmaslikni korreksiyalash.
I. Ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik. Avvalgi mavzuda
aytib o‘tilganidek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘zga tashlanadigan yana bir
salbiy holat – o‘quvchi tomonidan ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtira
olmaslik sanaladi.
Ijtimoiy xulq-atvor ko‘nimalalarini o‘zlashtira olmaslik – yosh,
psixologik hamda fiziologik nuqtai nazaridan o‘quvchi xulq-atvori, xatti-
harakatlarining ijtimoiy, shuningdek, jismoniy va ruhiy rivojlanganlik
ko‘rsatkichlariga mos kelmasligi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarida ijtimoiy xulq-atvor
ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik ko‘p holatlarda boshlang‘ich sinf, asosan,
maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamagan, uy sharoitida, tor doiradagi
munosabatlar jarayonida tarbiyalangan o‘quvchilarda ko‘zga tashlanadi. Ular duch
keladigan jiddiy muammo – makro muhit bo‘lgan maktab sharoitiga ko‘nika
olmaslik, yangi o‘rtoqlarni qabul qilolmaslik, ular bilan muloqot qila olmaslikdir.
Buning natijasida o‘quvchi maktab ta’limi talablari – ma’lum vaqtda kelish va
ketish, darslarning majburiy ravishda muayyan vaqt oralig‘ida tashkil qilinishi,
o‘quv jarayoni ishtirokchilari: o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan muloqot qilish
kabilarga moslasha olmaydi. O‘zini sinf jamoasida o‘zini “begona” tutadi,
noqulaylikni his qiladi, o‘qishga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi, o‘quv
materiallarini qabul qilmaydi, topshiriqlarni bajarishga nisbatan beparvo bo‘ladi.
Global axborotlashuv, marginallik (“marginalis” – chekkada turadigan; turli
madaniyatlar qorishmasi)ning keskin rivojlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi
muloqotga nisbatan qat’iy ijtimoiy-axloqiy talablarning belgilanmaganligi,
“ommaviy madaniyat” ta’sir ko‘lamining kengayishi me’yordan xulqiy og‘ish
ko‘rinishlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orqasida faol
kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |