Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Javoblarni tahlil qilish: 
Har bir variant bo‘yicha o‘quvchi to‘plagan ballarning yig‘indisi hisoblanadi.
26 balldan – 30 ballgacha – o‘quvchining maktabga bo‘lgan qiziqishi yuqori; 
21 balldan – 25 ballgacha – o‘quvchining maktabga bo‘lgan qiziqishi 
o‘rtacha; 
16 balldan – 20 ballgacha – o‘quvchining maktabga bo‘lgan qiziqishi past. 
2-topshiriq. Tashxislash natijalariga tayangan holda o‘quvchilarda maktabga 
bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishga oid amaliy-metodik tavsiyalar ishlab 
chiqing.


183
3-topshiriq. N.S.Luskanovaning “Ustuvor bo‘lgan o‘quv motivlarini 
aniqlash” anketasi yordamida 4 nafar o‘quvchining o‘quv predmetlari asoslarini 
o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabatini aniqlang. 
 “Ustuvor bo‘lgan o‘quv motivlarini aniqlash”
nomli anketai (N.S.Luskanova) 
Hurmatli, o‘quvchi! Ma’lum o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslikni bartaraf 
qilish bo‘yicha ishlash uchun o‘qituvchi sening anglangan motivlarini ko‘proq va 
nomma-nom bilishi zarur. Shu sababli, iltimos, ko‘rsatilgan motivning to‘g‘risiga 
ko‘rsatilgan ballni qo‘y! 
1. O‘quvchi yaxshi o‘qishi kerakligini tushunaman. 
2. Maktabni bitirishni va o‘qishni davom ettirishni xohlayman. 
3. Bilim mening istiqbolim uchun zarurligini tushunaman. 
4. Madaniyatli va har tomonlama rivojlangan kishi bo‘lishni xohlayman. 
5. Yaxshi baholar olishni xohlayman. 
6. Ota-onalardan maqtov eshitishni xohlayman. 
7. Sinfdoshlarimning men haqimdagi fikrlari ijobiy bo‘lishini xohlayman. 
8. Sinfda eng yaxshi o‘quvchi bo‘lishni xohlayman. 
9. Darslarda mening javoblarim eng yaxshi bo‘lishini xohlayman. 
10. Sinfdagi eng yaxshi o‘quvchilar orasidan munosib joy egallashni 
istayman. 
11. Menga ta’lim olish yoqadi. 
12. Yangi ma’lumotlarni bilishni xohlayman. 
13. O‘qituvchilarning g‘ayrioddiy va nostandart darslari yoqadi. 
14. Menga o‘quv faoliyatidagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish yoqadi. 
15. Fikrlashga imkon beriladigan darslar yoqadi. 
16. O‘qituvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatlarimni adolatli baholashlarini 
yoqtiraman. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling