Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


II. Me’yordan xulqiy og‘ish va uning turlari


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

II. Me’yordan xulqiy og‘ish va uning turlari. Psixologiya, sosiologiya
pedagogikada ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik “me’yordan xulqiy 
og‘ish” yoki “deviatsiya” (lot. “deviation” – “og‘ish”) deb ham nomlanadi. 


186
“Me’yordan xulqiy og‘ish”ning mohiyatini anglash uchun dastlab “me’yor” 
tushunchasining lug‘aviy ma’nosini anglash maqsadga muvofiqdir. 
Lug‘aviy jihatdan “me’yor” tushunchasi: asosiy o‘lchov, “qabul qilingan 
o‘lchovning o‘rtacha kattaligi; mavjud yoki yangi ob’ektlarni yaratishni baholash 
uchun andoza yoki o‘rnatilgan standart”
127
ma’nolarini anglatadi. Shaxsning 
rivojlanishiga nisbatan “me’yor” tushunchasining qo‘llanilishi esa uning ruhiy, 
jismoniy hamda axloqiy jihatdan mo‘tadil rivojlanishini ifodalaydi. 
Me’yordan og‘ish (lot. “defectus” – kamayish, nuqson) – bolaning mo‘tadil 
rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy 
yoki pedagogik nuqsonlar. 
Ijtimoiy sub’ektlar, jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida turli jihatdan “me’yordan 
og‘ish” holatlari kuzatiladi. Ular (30-rasm): 
Me’yordan og‘ish turlaridan bir jismoniy og‘ish sanaladi.
Jismoniy og‘ish – shaxsning fiziologik o‘sishi va salomatligida 
kuzatilayotgan nuqsonlar bo‘lib, asosan, tibbiy ko‘rsatkichlar (tananing 
og‘irligi, bo‘yi, hajmi va hokazolar) bilan bog‘liq holda namoyon 
bo‘ladi.
Odatda jismoniy og‘ish kasalliklar, ko‘rish va eshitish qobiliyatining buzilishi, 
tayanch-harakat apparatlarining nuqsonlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi
128

Shunga ko‘ra, jismoniy og‘ish quyidagi holatlarning mavjudligi bilan belgilanadi:
kasallik, xastalikning kelib chiqishi (ruhiy va fiziologik funksiyalarning 
buzilishi); 
imkoniyatning cheklanishi (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish 
qobiliyatining ma’lum darajada vaqtincha yoki umrbod yo‘qotilishi); 
nogironlik (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining 
deyarli yo‘qotilishi, ishga yaroqsiz bo‘lib qolish, to‘g‘ri fikrlay olmaslik). 
Jismoniy og‘ishning yuzaga kelishiga muayyan omillar ta’sir qiladi. Ular:
irsiy omillar; 
127
Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном 
развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v-
fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf.
128
Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном 
развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v-
fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf.
Ijtimoiy og‘ish

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling