Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
II. Me’yordan xulqiy og‘ish va uning turlari
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yordan og‘ish
- Jismoniy og‘ish
II. Me’yordan xulqiy og‘ish va uning turlari. Psixologiya, sosiologiya,
pedagogikada ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik “me’yordan xulqiy og‘ish” yoki “deviatsiya” (lot. “deviation” – “og‘ish”) deb ham nomlanadi. 186 “Me’yordan xulqiy og‘ish”ning mohiyatini anglash uchun dastlab “me’yor” tushunchasining lug‘aviy ma’nosini anglash maqsadga muvofiqdir. Lug‘aviy jihatdan “me’yor” tushunchasi: asosiy o‘lchov, “qabul qilingan o‘lchovning o‘rtacha kattaligi; mavjud yoki yangi ob’ektlarni yaratishni baholash uchun andoza yoki o‘rnatilgan standart” 127 ma’nolarini anglatadi. Shaxsning rivojlanishiga nisbatan “me’yor” tushunchasining qo‘llanilishi esa uning ruhiy, jismoniy hamda axloqiy jihatdan mo‘tadil rivojlanishini ifodalaydi. Me’yordan og‘ish (lot. “defectus” – kamayish, nuqson) – bolaning mo‘tadil rivojlanishida buzilishlarni keltirib chiqaruvchi jismoniy, ruhiy, ixtimoiy yoki pedagogik nuqsonlar. Ijtimoiy sub’ektlar, jumladan, o‘quvchilar o‘rtasida turli jihatdan “me’yordan og‘ish” holatlari kuzatiladi. Ular (30-rasm): Me’yordan og‘ish turlaridan bir jismoniy og‘ish sanaladi. Jismoniy og‘ish – shaxsning fiziologik o‘sishi va salomatligida kuzatilayotgan nuqsonlar bo‘lib, asosan, tibbiy ko‘rsatkichlar (tananing og‘irligi, bo‘yi, hajmi va hokazolar) bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Odatda jismoniy og‘ish kasalliklar, ko‘rish va eshitish qobiliyatining buzilishi, tayanch-harakat apparatlarining nuqsonlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi 128 . Shunga ko‘ra, jismoniy og‘ish quyidagi holatlarning mavjudligi bilan belgilanadi: kasallik, xastalikning kelib chiqishi (ruhiy va fiziologik funksiyalarning buzilishi); imkoniyatning cheklanishi (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining ma’lum darajada vaqtincha yoki umrbod yo‘qotilishi); nogironlik (aqliy yoki amaliy faoliyatni bajara olish qobiliyatining deyarli yo‘qotilishi, ishga yaroqsiz bo‘lib qolish, to‘g‘ri fikrlay olmaslik). Jismoniy og‘ishning yuzaga kelishiga muayyan omillar ta’sir qiladi. Ular: irsiy omillar; 127 Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v- fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf. 128 Понятие нормы и отклонения в физическом, психическом, моторном и интеллектуальном развитии человека // https://katip39.ru/wp-content/uploads/2020/05/Ponyatie-normy-i-otkloneniya-v- fizicheskom-psihicheskom-motornom-i-intellektualnom-razvitii-cheloveka.pdf. Ijtimoiy og‘ish Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling