Pedagogik-psixologik xususiyatlaRi (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma) Qo`qon 2020
Download 332.75 Kb.
|
kitob-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI TA’LIMIY O‘YINLAR ORQALI O‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING pedagogik-psixologik xususiyatlaR (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma)
- Taqrizchilar : M.Mamadaliyeva Beshariq tumani kengashi deputati, 21-maktab direktori KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`ILIMI VAZIRLIGI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI TA’LIMIY O‘YINLAR ORQALI O‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING pedagogik-psixologik xususiyatlaRi (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma) Qo`qon - 2020 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`ILIMI VAZIRLIGI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI TA’LIMIY O‘YINLAR ORQALI O‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING pedagogik-psixologik xususiyatlaR (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma) Qo`qon – 2020 Ushbu uslubiy qo`llanmada ta`lim samaradorligini oshirshga ijobiy ta`sir etuvchi o`yinlar va maktabgacha ta’lim muassasalarida didaktik va rivojlantiruvchi o‘yinlar orqali nutqni o`stirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Uslubiy qo`llanmada o`z ifodasini topgan o`yinlar mazmuni, xarakteriga ko`ra tarbiyachilar uchun mo`ljallangan va chop etishga tavsiya etilgan. Taqrizchilar : M.Mamadaliyeva Beshariq tumani kengashi deputati, 21-maktab direktori KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy sohalarida katta islohotlarning sodir bo`lishi kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qo`ymoqda. Bu, avvalo, kelajak avlodning ana shu o`zgarishlarga dadil moslasha oladigan yuksak bilim, mahorat, keng dunyoqarash va e’tiqodga ega bo`lishini talab etadi. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan farmon va qarorlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son qarorlari, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoyishi shular jumlasidandir. Ta’lim jarayonida bo‘lajak Ustoz-tarbiyachi bilish faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhimdir. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida dunyoviy bilimlarga ega bo‘lgan, atrofida yuz berayotgan hodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan shaxsiy manfaatlarini xalq manfaati bilan uyg‘unlikda ko‘radigan barkamol insonni tarbiyalash hozirgi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Shu o’rinda ta’kidlash o’rinliki, maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshirilish lozim bo’lgan masalalar ham talaygina. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalari birlamchi holatdir. Muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O'zbekiston Respub-likasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni1, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo'lg'usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta'kidlanadi. Hozirgi zamon nutq tadqiqotchilariga tizimli yondashuv xos bo‘lib, bu hodisalarni u yaxlit tizim sifatida mavjud bo‘ladigan tashqi va ichki munosabatlarning ko‘pligi hodisalarini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Nutq-til tizimi munosabatlarning ko‘pligida ishtirok etadi, bunda uning so‘z ma’nosini tarjima qiluvchi hamda psixofiziologik hodisa, muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida inson ongi va hissiyotlari bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan semantik axborot apparati sifatida faoliyat yuritishi ushbu munosabatlarning asosiylaridan biri hisoblanadi. Bolalarning passiv nutqni o‘zlashtirib olishlari va ularning dastlabki so‘zni aytishlari hal qiluvchi darajada quyidagi uch jihatga, ya’ni emotsional aloqalar, birgalikdagi harakat chog‘idagi aloqalar, tovushli aloqalardan iborat bo‘lgan kommunikativ omilga bog‘liq bo‘ladi. Download 332.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling