Pedagogik-psixologik xususiyatlaRi (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma) Qo`qon 2020


Download 332.75 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi332.75 Kb.
#1620344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kitob-4

O`yinning qoidasi: Bolalar nomlanayotgan paytda ikkinchi guruh ularning nomlarini eshitib qolmasligi kerak. O`zaro kelishgan holda guruh boshliqlari almashtirilishi mumkin. O`zbek xalq o`yinlarining turlari hilma-hil bo`lib, ulardan tarbiyachilar o`z faoliyatlari davomida samarali foydalanishlari mumkin.
Bolalar insoniy fazilatlar: vatanparvarlik, hamdardlik, mehr-oqibatlilik kabi sifatlar shakllanganligi. Mustahkam irodali, sog`lom fikrli, ahloqiy normalarga rioya qiluvchi, qat’iyatli, shijoatkor, printsipial shaxslarni rivojlantirishga erishilishida.


II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI TA’LIMIY O‘YINLAR ORQALI O‘STIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING pedagogik-psixologik xususiyatlaR
2 – 1. Maktabgacha ta`lim muassalarida Ta`limiy o‘yinlar orqali nutq o`stirishning yo`llari
Ma’lumki, o‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat turi bo‘lib, o‘yin bola shaxsini shakllantirishi, o‘quv, mehnat faoliyatini, kishilar, tengdoshlari bilan munosabatlarini tarbiyalovchi asosiy omildir. Shu bois o‘yin qadim zamonlardan buyon tarbiya metodi bo‘lib kelgan. Chunki o‘yin bolalarning bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, bolalar faoliyati hayotini tashkil etishning shaklidir. SHubois maktabgacha ta’limda o‘yin tarbiya vositasi bo‘lishi bilan birga bolalarga ta’lim—tarbiya berish metodi bo‘lib hisoblanadi.
Psixologlarning kuzatishiga ko‘ra o‘yin maktabgacha ta’lim davrida asosiy faoliyat bo‘lib u bola shaxsini, uning qiziqishlarini, tevarak—atrof haqidagi tasavvurlarini, nutqining rivojlanishini ta’minlaydi. Ya’ni o‘yinda bolalar jismoniy tomondan rivojlanadi, ularda faollik ortib boradi.
Shuningdek o‘yin mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi tufayli bolalar tafakkurini, hayoli, diqqatini rivojlantiradi. Bolalarning ijodiy nutqini o‘stiradi.
Shuning uchun ham o‘yin nutq o‘stirish metodi bo‘lib,tevarak—atrofdagi narsa, buyumlar, voqea—xodisalar haqidagi bilimlar o‘yin orqali bolalarga urgatiladi. Bu esa bolaning yosh xususiyatiga mos bo‘lishi, qiziqarli bo‘lishi, aqliy faoliyatini oshirishga hizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham o‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, o‘yinda bolalar o‘z tengdoshlari bilan o‘ynaydilar, tearak—atrofdagi hayotni, kishilar faoliyatini, ularning o‘zaro munosabatini aks ettiradilar, o‘yinning ijodkori bolalar hisoblanadi. Ya’ni bolalar o‘z ixtiyorlari bilan o‘yinni turlichcha tashkil etadilar.
Masalan, ijodiy o‘yinlarda bolalar o‘z taffakuri bilan yangi o‘yin yaratishi mumkin yoki biror buyumni, o‘yinchoqni yasash, uycha qurish kabi faoliyatni bajaradilar, bolalarda aql—idrok hayol orqali yaratuvchanlik faoliyati ijodi, o‘zaro fikrlashi, maslahat qilishi, bir fikrni qo‘llab quvvatlashi kabi nutqiy nutqiy faoliyat shakllanadi, o‘zaro munosabat, ahillik, bir maqsad sari intilish o‘sib boradi, ularda bir—birini fikrini tahlil qilish kabi do‘stona munosabat shakllanadi.
Shuningdek, o‘yinda bolalar, so‘z, nutq o‘zaro bog‘liq holda ishtirok etiladi, bolalar nutq o‘yin obrazlari, qatnashuvchilar bilan fikr almashinadi.shuning uchun ham o‘yinda obrazlar xarakati ijrolari nutqi bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘yin bir necha xil bo‘ladi. Masalan, maishiy turmushga doir, mehnatga doir o‘yinlar, syujetli –rolli o‘yinlar bolalar bog‘chalarida qo‘llaniladi. O‘yin mazmuninibolalarning o‘zlari o‘ylab topadilar. Demak o‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, o‘yinda bolalar har xil kasbdagi kishilar, faoliyatini, halqimizning mehnatga bo‘lgan munosabatini, qobiliyatini yuzaga keltiradi. Shuningdek o‘yinlarda bolalar turli kasb egalarining obrazi nutqini takrorlaydi.
Shuning uchun ham o‘yinda bola o‘zi bajarayotgan har bir faoliyatini tushunib etishi, o‘yin mazmunini tanlay bilishi, o‘yinga qiziqishi bilan birga o‘yin mazmunini boyitishi, o‘yinni jamoa bilan o‘ynashi ham muhimdir. Bu esa bolalarda o‘zaro hamkorlik, jamoa bo‘lib o‘ynash o‘yinda bir—birini tushunish, qo‘llash masalalari ortadi, o‘yinga qiziqishi kuchayadi. Bunda bolalarda o‘yin orqali ahilllik,do‘stlik, hamjihatlik bilan birga o‘yinda bir—birini qo‘llab—quvvatlash, o‘zaro muloqot, fikrlashish kabi nutqiy faoliyat shakllanadi.
Jumladan Ta`limiy o‘yin maktabgacha ta’limda ta’lim—tarbiya vositasi sifatida
keng qo‘llanadi, eng qulay ta’limiy o‘yin hisoblanadi.
Ta`limiy o‘yin bolalarning birgalikda o‘ynashi, bir—birini qo‘llab—quvvatlashi, ko‘maklashishi, bolalarning manfaatlarini jamoa manfaatlariga aylanishi, bolalar orasida o‘zaro ijobiy munosabatlarning shakllanishi bilan muhimdir.chunki Ta`limiy o‘yinlar bolalarning amaliy faoliyati bo‘lib, bolalar o‘z bilimi va malakalaridan foydalanadilar. Bu esa bolalarda fikrni to‘g‘ri aytish, boshqalar fikrini taqdiqlash yoki inkor etish kabi mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi, ularda aqliy faoliyat, tafakkur shakllanadi.
Shuningdek, didiaktik o‘yinlar bolalarning tevarak—atrof; narsa, buyumlar, ularning nimaga ishlatilishi, nomini bilish kabio‘z shahsiy sifatlarini, tajribalarini amaliy qo‘llash orqalinutqni egallaydi. Shuning uchun ham har bir Ta`limiy o‘yinda o‘yin mazmuni, g‘oyasidan kelib chiqib, unga mos qoidalar, talablar qo‘yiladi.
Masalan, “ Ajoyib xaltacha” o‘yining asosiy mazmuni xaltacha ichidagi narsalarniqo‘l bilan olish, uning nomini aytib berish, u ishtirokida gap tuzishdir.
O‘yinning asosiy talabi bolalarni yakka tartibda, navbati bilan xaltachadan narsa,buyumni olishi, nomini, belgi hususiyatini, nimaga ishlatilishini aytib berishdir. Shu asosda bolalar so‘z boyligini oshirish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, bolalarda sensor tarbiyani shakllantirishdan iboratdir. Ya’ni bola xaltacha ichidagi narsa, buyumni qo‘l bilan sezish orqali oladi, ko‘rish, idrok qilish orqali uni tasvirlaydi. Bunda fikrni ifodalovchi gaplarning ma’no jihatdan bog‘lanishi, tasvirlash va gaplarnito‘g‘ri tuzish muhimdir.buning uchun esa bolalar har bir Ta`limiy o‘yin qoidasini bilishi, o‘yin harakatlarining to‘g‘ri bajarilishi, o‘yin jarayonida bolalarning o‘zini, do‘stlari faoliyatini nazorat qilishi muhimdir.
Demak, Ta`limiy o‘yinlar bolalarning o‘yin qoidasini o‘rganib olishi, ularga rioya qilishini talab etadi, bolalarda mustaqillik, o‘yin jarayonida o‘zini—o‘zi va bir—birlarini nazorat qilishitalab etiladi.
O‘yinning natijasi bolalar va tarbiyachi tomonidan baholanadi. Bunda bolalarning qanday ta`limiy vazifalarni bajarganligi, o‘yin qanday ma’naviy xulqni tarbiyalagani, bolalar o‘rgangan bilim va malakalar nazarda tutiladi.
O‘yinning natijasi sifatida tarbiyachi bolalarni o‘yinda berilgan topshiriqlarini to‘g‘ri bajarilishi masalan, o‘yinga mos topishmoqlar topish, o‘yinda bolalar erishgan natija, yutuqlarni nazarda tutish lozim.
Demak Ta`limiy o‘yin amaliy faoliyat bo‘lib, bolalar unga juda qiziqadilar, o‘z bilim va malakalarini turli shaklda ifodalaydilar, o‘yin jarayonida bolalarda aqliy foliyatlar paydo bo‘ladi. Ular o‘yin vazifalarini diqqat bilan tushunib oladilar. Narsa, buyumlarni to‘playdi, taqqoslaydi,umumlashtiradilar. SHuning uchun ham Ta`limiy o‘yin bolalarning aqliy faoliyatini oshiradi, nutqini o‘stiradi,taffakurni rivojlantradi, o‘yinda ishtirok etish, o‘zaro hamkorlikda faoliyat kursatish bir—birini qo‘llab – quvvatlashga o‘rganib boradi. Ularda aniq, tug‘ri va bog`lanishli nutq rivojlanib boradi.


Download 332.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling