Pedagogik-psixologik xususiyatlaRi (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma) Qo`qon 2020
Download 332.75 Kb.
|
kitob-4
«Keyingi bo'g'inni top» o'yini.
Berilgan bo‘g'inlar ishtirokida so‘z tuzish tushuntiriladi va qaysi Bola ko‘p so‘z tuza olsa, o‘yin g'olibi bo‘ladi. Masalan, bo, bo‘, ju, ni, lo, sa, mu... 1. bola, bobo, bozor, bodom. 2. bo‘yin, bo‘ri, bo‘liq, bo‘zchi. 3. jo‘ja, jo‘ra, jo‘xori, jo‘na. 4. nima, nizom, nigoh, nido, nihol. 5. lola, loyiq, lochin, lobar, loviya, lozim. 6. savob, sarob, saxovat, sadoqat, sahifa... Prezidentimiz I.A.Karimov: «Demokratik jamiyatda har bir insonni erkin fikrlaydigan etib tarbiyalash kerak. Agar bolalar erkin fikrlashga о‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bо‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak, ammo bilim о‘z yо‘liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir», degan edilar kelajagimiz egalari bо‘lmish yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bugunning eng dolzarb vazifasi ekanligini ta'kidlay turib. Bu mas'uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon о‘qituvchisi, ayniqsa, boshlan g‘ich sinflarda ta’lim beruvchilardan о‘z kasbiy mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, il g‘or pedagogic texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini t о‘liq anglashlari va uni о‘z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo etadi. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol q о‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. О‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini о‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. О‘qituvchi darsda boshqaruvchi, о‘quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi kо‘p qirrali samara keltiradi. Biz, bo‘lajak о‘qituvchilar, darslarda о‘quvchilarni erkin ishtirokchiga aylantira olsakkina ijobiy natijaga erishamiz. O`zbekiston Respublikasi hududida bir vaqtlar asosan ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi elatlar yashagan. Ularning asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan. CHorvachilik bilan faqat yarim o`troqlar emas, balki o`troq dehqonlar ham shug`ullangan. Dehqonlar mollardan er haydashda, bug`doyni yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda foydalanishgan. Shuningdek, chorva mollaridan savdogarlar va hunurmandlar ham foydalangan. Mana shular tufayli «Podachi», «Oqsoq bo`ri va qo`ylar», «Echkilar va cho`ponlar», «Oq tuya» va «Bo`ri keldi» singari qator o`zbek xalq o`yinlari kelib chiqqan. Xalqimiz orasida hayvonlar va qushlar mavzuidagi juda qiziqarli raqslar «Kaptar o`yini», «Chag`alak», «Yumronqoziq», «Ot o`yini» va hokazolar keng rasm bo`lgan. Shuningdek, o`zbeklar orasida «Karnaymi, surnay?», «Nina, in va tuguncha», «Tapir-to`pur qayrag`och», «Qovoq ekish», «Xo`rozlar jangi», «Xo`roz va tovuq», «Qoch bolam, kalhat keldi», «Oq terakmi-ko`k terak» kabi o`yinlar ham mashhur bo`lgan. Milliy xalq o`yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, rivojlanishining har bir tarixiy bosqichida mazmunan o`zgarib, turli ijtimoiy vazifalarni bajargan. An’analar, udumlar shu jumladan, xalq milliy o`yinlari, millatimiz hayoti bilan bog`liq bo`lib, avloddan - avlodga meros bo`lib o`tib kelgan. Avlodlar egallagan bilim va tajribalar amaliy hayotda sinalgan, keyingi avlodlar tomonidan mustahkamlangan va takomillashtirilgan. Ularning mazmunini har bir avlod, jamiyat rivojlanishining har bosqichi yangilab borgan. Bolalar jamiyat rivojlanishining o`sha bosqichida kattalar o`ynagan xalq milliy o`yinlarini o`ynaganlar. Xalq milliy o`yinlarida xalqning ijtimoiy hayoti, mehnat faoliyati va turmush tarzi o`ziga xos shakllarda aks etgan. Ulardagi juda boy hissiyot va kechinmalar orqali o`z Vataniga sadoqatlilik, mardlik, matonat, sabr-chidam kabi sifatlar shakllantiriladi. Quyida sinfdan tashqari o`tkaziladigan jismoniy tadbirlar jarayonida bolalarni Vatanga sadoqat, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi o`yinlardan namunalar keltiramiz: Download 332.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling