169
III. KORREKSION FAOLIYAT VA UNI SAMARALI TASHKIL ETISH
13-mavzu. Korreksion faoliyat. Fanlarni o‘zlashtira
olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik tuzatish)
Reja:
1. Korreksion faoliyat (korreksiyalash) mazmuni.
2. Korreksiyalash va korreksiyalashning ustuvor tamoyillari.
3. Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni pedagogik tuzatish
bosqichlari.
Tayanch tushunchalar: korreksiya, korreksiyalash,
faoliyat, korreksion
faoliyat, tamoyil,
korreksiyalash tamoyillari, bosqich, korreksiyalash bosqichlari,
korreksiyalash shartlari.
I. Korreksion faoliyat mazmuni. To‘liq holda
korreksion faoliyatning
mohiyati “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”) fani negizida ochib
berilgan. “Korreksion pedagogika” (“Maxsus pedagogika”)
pedagogik turkum
fanlar orasida alohida o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: