Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Oilaviy tarbiya mexanizmlari –individual tarbiyaviy imkoniyatlari 
asosida oila tomonidan farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda 
qo‘llaydigan vosita va usullari
115
.
Ota-onalarning vakolatlari, oilaviy ta’lim uslublari, oilaviy an’analar, bo‘sh 
vaqtni tashkil etish uslubi oilaviy tarbiyaning asosiy mexanizmlari hisoblanadi.
Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar) – oilaning tabiiy va ijtimoiy 
ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish 
115
Воспитательный потенциал семьи // 
https://studme.org/1527092124184/pedagogika/
vospitatelnyy_ 
potentsial_semi. 


155
orqali oila a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan 
ijtimoiy-madaniy hodisa
116

Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli 
gurunglar (to‘y, yangi uyga ko‘chish marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar 
(tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy 
ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, davlat mukofotlarini olish kabi 
holatlarni nishonlash) va musobaqalar oilaviy an’analarning o‘ziga xos 
ko‘rinishlari bo‘lib, farzand tarbiyasini tashkil qilishda muhim tarbiyaviy ahamiyat 
kasb etadi.
Farzandlarni oilaviy an’ana, qadriyat, urf-odatlari bilan tanishtirish orqali 
ularning bu jarayonlarda ishtirok etishi uchun sharoit yaratilsa, u holda oilaviy 
an’analarning tarbiyaviy ta’siri sezilarli darajada oshadi. 
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatini o‘rganish va tahlil qilish mazkur muhitda 
farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi talablarni 
inobatga olish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi:
ota-onalarning o‘z farzandlari, ularning xulq-atvori, ruhiyati, xarakteri 
to‘g‘risida yetarli bilimlarga ega bo‘lishi; 
farzandlarni ularning yosh, psixologik hamda fiziologik imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda oilaviy munosabatlar va faoliyat tizimida doimiy, faol ishtirok 
etishlari uchun sharoit yaratish; 
ota-onalarning o‘zlarini o‘zlari, shuningdek, oilaviy munosabatlarni 
takomillashtirib borishi; 
farzandlarni ular balog‘atga yetishishdan boshlab, oilaviy hayotga tayyorlab 
borish.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin:
oilaning sog‘lom psixologik muhitga egaligi; 
oilaning shaxs ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondirish qobiliyati;
ota-onalarning pedagogik madaniyati darajasi; 
oilaviy munosabatlarning xarakteri;
oilaning turli ijtimoiy institutlardan zarur vaziyatlarda yordam so‘rash 
qobiliyati.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini baholaganda, bolalarning xulq-atvori va 
ta’limini kuzatish, ota-onalarning tarbiyaviy faoliyati, oilalarga tashrif buyurish, 
oilalar va ularning o‘quvchilari bilan individual suhbatlar, bolalarni nazorat qilish 
va tekshirish, ota-onalar, shuningdek, bolaning yondashuvi nuqtai nazridan oilaviy 
munosabatlar mazmunini rasmlarda aks ettirish, ota-onalar va bolalarga 
“Tugallanmagan jumlalar” metodi bilan ishlashni taklif qilish kabi usullaridan 
foydalanish tavsiya etiladi
117
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling