Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar)
Oilaviy tarbiya mexanizmlari –individual tarbiyaviy imkoniyatlari
asosida oila tomonidan farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda qo‘llaydigan vosita va usullari 115 . Ota-onalarning vakolatlari, oilaviy ta’lim uslublari, oilaviy an’analar, bo‘sh vaqtni tashkil etish uslubi oilaviy tarbiyaning asosiy mexanizmlari hisoblanadi. Oila an’analari (yoki oilaviy an’analar) – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish 115 Воспитательный потенциал семьи // https://studme.org/1527092124184/pedagogika/ vospitatelnyy_ potentsial_semi. 155 orqali oila a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa 116 . Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (to‘y, yangi uyga ko‘chish marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar oilaviy an’analarning o‘ziga xos ko‘rinishlari bo‘lib, farzand tarbiyasini tashkil qilishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Farzandlarni oilaviy an’ana, qadriyat, urf-odatlari bilan tanishtirish orqali ularning bu jarayonlarda ishtirok etishi uchun sharoit yaratilsa, u holda oilaviy an’analarning tarbiyaviy ta’siri sezilarli darajada oshadi. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatini o‘rganish va tahlil qilish mazkur muhitda farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi talablarni inobatga olish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi: ota-onalarning o‘z farzandlari, ularning xulq-atvori, ruhiyati, xarakteri to‘g‘risida yetarli bilimlarga ega bo‘lishi; farzandlarni ularning yosh, psixologik hamda fiziologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda oilaviy munosabatlar va faoliyat tizimida doimiy, faol ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish; ota-onalarning o‘zlarini o‘zlari, shuningdek, oilaviy munosabatlarni takomillashtirib borishi; farzandlarni ular balog‘atga yetishishdan boshlab, oilaviy hayotga tayyorlab borish. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin: oilaning sog‘lom psixologik muhitga egaligi; oilaning shaxs ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondirish qobiliyati; ota-onalarning pedagogik madaniyati darajasi; oilaviy munosabatlarning xarakteri; oilaning turli ijtimoiy institutlardan zarur vaziyatlarda yordam so‘rash qobiliyati. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini baholaganda, bolalarning xulq-atvori va ta’limini kuzatish, ota-onalarning tarbiyaviy faoliyati, oilalarga tashrif buyurish, oilalar va ularning o‘quvchilari bilan individual suhbatlar, bolalarni nazorat qilish va tekshirish, ota-onalar, shuningdek, bolaning yondashuvi nuqtai nazridan oilaviy munosabatlar mazmunini rasmlarda aks ettirish, ota-onalar va bolalarga “Tugallanmagan jumlalar” metodi bilan ishlashni taklif qilish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi 117 . Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling