154
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati u tomonidan asosiy funksiyalaridan birining
bajarilishida ko‘zga tashlanadi.
Imkoniyat (lot. “potentia” – kuch) – har qanday muammoni hal qilish,
aniq maqsadga erishish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan manba, vosita
hamda resurslar; ma’lum bir shaxs, jamiyat, davlatning muayyan
soahdagi vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga bo‘lgan
quvvati, kuchi, qobiliyati.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati – oilaning farzandlarni har jihatdan sog‘lom
qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlarga, oilaning sog‘lom muhit, sog‘lom
turmush tarzi ega bo‘lishi hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali
tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyati.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyati murakkab tuzilmaga, tuzilmaning o‘zi esa
muhim tarkibiy qismlarga egaligida aks etadi. Mavjud qismlar oilaning pedagogik,
ijtimoiy-psixologik,
madaniy va qadriyatli, ijtimoiy-iqtisodiy,
texnik va gigienik
hamda demografik xarakterga ega imkoniyatini yoritadi. Ularning barchasi oilada
farzandni har tomonlama sog‘lom qilib voyaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan
sharoitlar sanaladi.
Farzandlar tarbiyasida muvaffaqiyata erisha olish uchun oila ma’lum tarbiya
mexanizmlariga ega bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: