Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


III. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

III. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash. Yosh avlodni har 
tomonlama kamolga yetkazishda oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash va 
116
Педагогика: 1000 та саволга 1000 та жавоб / Мет.қўлл. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, 
М.Усмонбоева, Д.Иноғомова. – Т.: ТДПУ, 2012. – 118-б.
117
Курбатова Е.И. Воспитательный потенциал семьи // https://urok.1sept.ru/articles/412578. 


156
tashxis natijalariga ko‘ra oila tarbiyasi samaradorligini oshirish choralarini 
belgilash pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – uning farzandlarni har jihatdan 
sog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit 
va sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga 
samarali tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyatini o‘rganish, tahlil 
qilish va baholash. 
 
Farzandlarning jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lib 
kamol topishlarida oilaning iqtisodiy ta’minlanganligi, ota-onalar hamda oilada 
yashovchi keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligi, oila a’zolarining o‘zaro va 
atrofdagilar (qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, hamkasblar, tengdoshlar) bilan 
o‘zaro samimiy munosabati, ota-onalarning o‘z farzandlarining hayotiy intilishlari, 
xohish-istaklarini tushuna olishi, shuningdek, ularning muayyan qobiliyatga 
egaliklarini o‘z vaqtida anglashi, oilada mehnat taqsimotining to‘g‘ri, oqilona 
tashkil etilganligi, ota-onalar va keksa avlod vakillarining farzandlarga teng 
huquqlilik asosida munosabatda bo‘lishi, yoshligidan farzandlarni oilaviy hayotga 
har tomonlama tayyorlay olishi, ularda oila xo‘jaligini yuritish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi muhim ahamiyatga ega.
O‘z mohiyatiga ko‘ra oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari tashxislash quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi (25-rasm): 
Farzandlarni tarbiyalashda oilada sog‘lom psixologik muhitning qaror 
topganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom psixologik muhit mavjud bo‘lgan 
oila odatda “sog‘lom oila” deb nomlanadi. 
Sog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi 
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadigan 
va 
o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydigan, moddiy jihatdan yetarlicha 
ta’minlangan oila.
Oilaning sog‘lomligi – uning ijtimoiy ko‘rsatkichi bo‘lib, jamiyat, 
mahalladagi o‘rni, mavqeini ham belgilab beradi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling