Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Nosog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi 
ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan
shaxslararo munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvor 
bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunmaydigan va o‘zaro 
qo‘llab-quvvatlamaydigan, moddiy jihatdan ta’minlanmagan oila.
Bu kabi oilalarning a’zolarida ko‘p holatlarda ruhiy, ba’zan jismoniy 
nosog‘lomlik ko‘zga tashlanadi. Ularda ijtimoiy axloq me’yorlaridan og‘ish – 
jinoyat, surunkali ravishda giyohvand moddalar, tamaki mahsulotlari hamda spirtli 
ichimliklarni iste’mol qilish, betartib jinsiy hayot kechirishga moyillik kuzatiladi.
Farzandlar tarbiyasida muhim o‘rin tutish uchun oilada sog‘lom muhit, 
shaxslararo iliq, samimiy munosabatlarni qaror toptirish muhimdir. Aks holda 
oiladagi muhit farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular tomonidan turli 
deviant va delikvent xulq-atvorlarning o‘zlashtirilishiga sabab bo‘ladi.
Psixologik nuqtai nazardan “oilaning salomatligi ma’naviy-axloqiy, 
individual psixologik, ijtimoiy-psixologik, psixologik-somatik, bioenergetik kabi 
darajalar bilan belgilanadi”
118
.
Oilaning sog‘lom hamda nosog‘lomligini belgilashda unda qaror topgan 
psixologik muhit (oila a’zolarining o‘zaro bir-birlarini tushunishlari, qo‘llab-
quvvatlashlari, zarur vaziyatlarda bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari), ota-
onalarning pedagogik madaniyati (oila xo‘jaligini yuritish, oila byudjetini 
shakllantirish, farzandlarni tarbiyalash), farzandlarning mehnat malakalari (oila 
118
Уровни 
психологического 
здоровья 
семьи 
// 
https://studme.org/137476/psihologiya/urovni_
psihologicheskogo_ zdorovya_semi.


158
xo‘jaligini yuritish va mehnat taqsimotidagi ishtiroki) hamda ularning oila 
qurishga tayyorligi (nikoh va oilaning mohiyatini tushuna olishi, oila iqtisodiyotini 
shakllantirish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaga tegishli bo‘lgan 
muammolarni hal qilishda mas’uliyatni anglashi) tashxislanadi. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling