Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


II. “Oilaviy munosabatlarda muloqotning qanday


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

II. “Oilaviy munosabatlarda muloqotning qanday
mazmunga ega bo‘lishini xohlaysiz?” testi 
1. Men ona (ota) sifatida oilada menga barcha narsa “mumkin” yoki “men 
aytdimmi, demak shunday bo‘lishi lozim” tarzda muloqot qilishni xohlayman. 
a) ha; 
v) yo‘q.
2. Siz farzandingizga nisbatan jismoniy jazo qo‘llagan bo‘larmidingiz? 
a) ha; 
v) yo‘q.
3. Siz atrofdagilarga nisbatan ovozingizni ko‘tarib gapirishingiz, ularni 
haqorat qilishni oddiy hol deb hisoblaysizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
4. Siz oilada shaxsiy zaruriyat uchun oila a’zolaridan pul yashirasizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
5. Agarda ishda yoki o‘qishda ushlanib qolsangiz, bu haqida oila 
a’zolaringizni ogohlantirishni o‘z burchingiz deb hisoblaysizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
6. Siz oila a’zolaringiz bilan munosabatda ularni qo‘rqitish uchun musht 
ko‘tarasizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
7. Oilaning boshqa a’zolariga baqirib munosabatda bo‘lasizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
8. Oila a’zolari bilan xayrlashmay turib, uydan chiqrib keta olasizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
9. Yaqinlaringiz kasalxonada bo‘lsa, ularning holidan qanchalik tez-tez xabar 
olasizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.


161
10. Siz yaqinlaringizning dugonalari, do‘stlariga nisbatan samimiy 
munosabatda bo‘la olasizmi? 
a) ha; 
v) yo‘q.
11. Qiyin vaziyatlarda oila a’zolariga murojaat qilish, ulardan ko‘mak so‘ray 
olasizmi? 
a) ha;
v) yo‘q.
12. Muayyan vaziyatlarda oila a’zolaridan birini uzoq vaqt kutish Sizning 
jahlingizni chiqaradimi?
a) ha;
v) yo‘q.
Shunday qilib, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarga egaligi shaxsning ruhiy
jismoniy, axloqiy jihatdan kamolga etishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli 
pedagogik diagnostikada har oilaning tarbiyaviy imkoniyatga egaligini o‘rganish, 
uning 
darajasini 
tashxislashga 
e’tibor qaratiladi. Oilaning tarbiyaviy 
imkoniyatlarga egaligini tashxislashda uning farzandlarni har jihatdan sog‘lom qilib 
tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit va sog‘lom turmush tarzi 
ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali tayyorlashdagi kuch-
quvvati, qobiliyati o‘rganiladi. Bu yo‘nalishda tashxislashni amalga oshirish 
oilaning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mavjud 
imkoniyatlardan oqilona foydalanish choralarini belgilashga yordam beradi. 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling