Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


-rasm. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash yo‘nalishlari


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

25-rasm. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash yo‘nalishlari 
 
Asosiy yo‘nalishlar 
 
Ota-onalarning pedagogik madaniyatga 
egaligini tashxislash 
Oilaning sog‘lom psixologik muhitga 
egaligini tashxislash 
Ota-onalar va farzandlarning
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga 
egaligini tashxislash 
Farzandlarning oila qurishga
ruhiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan 
tayyorligini tashxislash 
Farzandlarning oila xo‘jaligini yuritishga tayyorligini tashxislash 


157
Sog‘lom oilalarda, odatda, uning a’zolari bir-birlariga hurmat bilan 
munosabatda bo‘ladi, har bir sub’ektning qiziqishlari, xohish-istaklaridan xabar 
bo‘linadi, ijobiy mazmunga ega hayotiy intilishlari o‘zaro qo‘llab-quvvatlanadi. 
Qolaversa, farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan oila an’analari 
shakllanadi. Oilaviy qadriyatlar ota-onalar, farzandlar, keksa yoshli oila a’zolari 
o‘rtasida hamjihatlik, ahillikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Shaxslararo 
munosabatlar ma’naviy-axloqiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunday oilada har qanday zo‘ravonlik, kamsitish, huquqiy tengsizlik, 
kimgadir alohida imtiyoz berish kabi holatlar inkor qilinadi. Aksincha, oilaga 
taalluqli bo‘lgan barcha masalalar imkon qadar ota-onalar, oilaning keksa yoshli 
a’zolari o‘rtasida, ayrim holatlarda farzandlar ishtirokida o‘zaro maslahat asosida 
hal qilinadi. Odatda, sog‘lom oilaning a’zolari ijtimoiy jihatdan ham faol bo‘ladi. 
Eng muhimi, sog‘lom oilaning a’zolari ularning axloqan yetuk, jismonan, ruhan 
tetik bo‘lishlariga yordam beradigan odatlarni o‘zlashtiradi.
Boshqacha aytganda, sog‘lom oilalarda ijtimoiy axloq talablariga rioya 
qilinadi. Ya’ni, oila a’zolari tomonidan spirtli ichimliklarni, giyohvand, tamaki 
mahsulotlarini iste’mol qilish, tartibsiz jinsiy hayot, ishratparastlik, bir-birlariga 
qo‘pol muomalada bo‘lish, jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlik inkor qilinadi. Bu 
kabi ijtimoiy axloq talablariga bo‘ysunmaslik, ularga zid ish ko‘rish oilaning 
nosog‘lomligidan dalolat beradi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling