Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

6. Axborot berish funksiyasi. Raqamli texnologiyalar tezkor 
rivojlanayotgan mavjud sharoitda axborot barcha sohalarda yetakchi omil sifatida 
ko‘zga tashlanmoqda. Ta’limda ham nafaqat bugungi kunda, balki barcha 
davrlarda ham axborotga egalik muhim ahamiyatga ega. Binobarin, axborotlar 
ta’limning mavjud holatini baholash, istiqbolini bashoratlash, ta’lim jarayoniga 
nisbatan yangicha yondashuvlarni qaror toptirish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunda, 
eng muhimi, axborotlarning xolis bo‘lishi, ularni zarur vaziyatlarga tezkor qo‘lga 
kiritish imkoniyatining mavjudligidir. Pedagogik nazorat jarayonida qo‘lga 
kiritilgan har bir axborot (ma’lumot) u xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin muhim 
ahamiyatga ega. Chunki ular asl vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish va istiqbolli 
rivojlanish yo‘nalishlarini oqilona belgilashga xizmat qiladi.
7. Qiyoslash funksiyasi. Pedagogik nazoratda boshlang‘ich, oraliq va yakuniy 
nazorat natijalarini o‘zaro qiyosiy o‘rganish, tahlil qilish ahamiyatli hisoblanadi. 
Ayniqsa, boshlang‘ich va yakuniy nazorat natijalarini o‘zaro qiyosiy o‘rganish 
o‘qituvchi faoliyati samaradorligini belgilashga yordam beradi. Zero, boshlang‘ich 
nazoratda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida pedagogik faoliyatning zarur 
yo‘nalishlarini belgilash, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda ijobiy 
omillar ta’siri kuchaytirishga harakatilgan amaliy harakatning samarasi yakuniy 
nazorat natijalarida o‘z aksini topadi.
8. Bashoratlash funksiyasi. Nafaqat pedagogik nazoratda, balki yaxlit ta’lim 
jarayoni va tizimida ham bashoratlash o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mavjud vaziyat, uni 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda o‘qitish hamda tarbiya 
jarayonida istiqbolni belgilash o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni har 
tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat pedagogik vazifaning 
to‘laqonli bajarilishini ta’minlaydi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling