Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


Ikkinchi (shakllantiruvchi tajribaviy ta’lim) bosqichi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

Ikkinchi (shakllantiruvchi tajribaviy ta’lim) bosqichi (2016-2017 o’quv 
yili)da magistrant tomonidan ishlab chiqilgan shakllantiruv tajribaviy ta’lim uchun 
uslubiy materiallar asosida ta’lim olib borildi. Tajribaviy dastur ishlab chiqildi. 
Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan talabalarning ta’lim olish faoliyatini tashkil etish 
va boshqarish texnologiyasining samaradorligi sinab ko’rildi va amaliyotga joriy 
etildi. 
SHakllantiruvchi tajribaviy ishlar Namangan DU 5110800 – «Tasviriy san’at 
va muxandislik grafikasi» bakalavriat ta’lim yo’nalishi 1-2 bosqich guruhlarida 
o’tkazildi. 
Tajriba sinov ishlarini o’tkazish uchun ikkita parallel guruh – tajriba - sinov 
guruhi (TSG) va nazorat guruhi (NG) ajratib olindi. Yozma va ijodiy ishlar, 
o’qituvchilar bilan suhbatlar asosida tajriba - sinov va nazorat guruhlari uchun 
taxminan bir xil mustaqil ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikka ega bo’lgan guruhlar 
olindi. Parallel guruhlarga dars beruvchi o’qituvchilarning ham nazariy va uslubiy 
tayyorgarligi taxminan bir xilligi ta’minlandi. 
Tadqiqot jarayonida talabalarning ijodiy tayyorgarligining asosini tashkil 
etuvchi fan – qalamtasvir bo’yicha ishlab chiqilgan mustaqil ta’limni tashkil etish 
texnologiyasi va mustaqil ishlarni bajarish bo’yicha ishlab chiqilgan 110800 tasviriy 
san’at va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 
“Qalamtasvir darslarida antik davr gips bosh rasmini chizish” bo’yicha uslubiy 
ishlanmalar samaradorligini tekshirish ishlari shaxsan magistrant tomonidan 
o’tkazildi. 
Birinchi va ikkinchi bosqich talabalari bilan tajribaviy ta’lim o’tkazish uchun 
portretni qalamda ishlash mazmuni va uni bajarish texnologiyasini aks ettirgan sinov 


79 
tajriba ishlari taxlil qilindi. Bunda portret qalamtasvirda o’rgatiladigan har bir mavzu 
bo’yicha talabalar o’rganishi lozim bo’lgan o’quv-ijodiy bilim va malakalar mazmuni 
qisqacha bayon etilib, uni mustaqil egallash bo’yicha talabaga uslubiy ko’rsatma 
berildi. Bundan tashqari shu mavzu bo’yicha talabalar egallashi lozim bo’lgan ijodiy 
malakalarni o’zida aks ettirgan topshiriq variantlari berildi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling