Namangan davlat universiteti sharipjonov muhiddin shokirjon o’G’lining «oliy pedagogik ta’limda tasviriy san’at darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari» mavzusidagi


III BOB. OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/42
Sana09.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1466498
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
oliy pedagogik talimda tasviriy sanat darslarini tashkil etishning ilmiy nazariy va metodik asoslari

III BOB. OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA TASVIRIY SAN’AT 
DARSLARINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
BO’YICHA TAJRIBA–SINOV ISHLARI MAZMUNI VA NATIJALARI 
3.1 Pedagogik tajriba-sinov ishlari mazmuni, va uni tashkil etish metodikasi 
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida biz oliy pedagogik ta’lim tizimida tasviriy san’at 
fanlari bo’yicha talabalarning ilmiy metodik jihatdan tayyorgarlik darajasini 
o’rganish va uning samaradorligini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan uslubiy 
ishlanmalar asosida 2015-2017 yillarda Namangan DU «Tasviriy san’at va 
muxandislik grafikasi» yo’nalishida pedagogik tajribalar o’tkazdik. Tajriba-sinovlar 
bevosita fakulg’tetda talabalar bilan ta’limining tabiiy sharoitlarida olib borildi. 
Pedagogik tajriba-sinov ishlarini olib borishda NamDU 5110800 – «Tasviriy 
san’at va muxandislik grafikasi» bakalavriat ta’lim yo’nalishi guruhlarida o’tkazildi. 
Pedagogik tajriba-sinov ishlari quyidagi uch bosqichda olib borildi. 
Birinchi o’rganuv bosqichida (2015-2016 o’quv yili) muammoning amaldagi 
holati o’rganildi. Buning uchun o’quv me’yoriy hujjatlar, ilmiy manbalar va 
amaliyot tahlil etilib, maqsad va unga erishish uchun yechimini topish lozim bo’lgan 
vazifalar belgilab olindi. Birinchi bosqich talabalarining dasturlar asosida amaliy 
ishlarni bajarishga tayyorgarligining dastlabki holati so’rovnoma asosida o’rganildi. 
Bunda uch blokdan iborat so’rovnoma tuzilib, birinchi blokda talabalarning maktabda 
«Tasviriy san’at» faniga qiziqishlari, badiiy ta’limga qalamtasvir mazmuni, uning 
tasviriy san’at ta’limida tutgan o’rniga bog’liq savollar o’rin olgan. Ikkinchi blokda 
tadqiqotimizning ikkinchi yo’nalishi bilan bog’liq savollar – tasviriy san’atda nazariy 
asoslar, uning talabalarning malakali mutaxassis bo’lib yetishishlarida o’rni hamda 
amliy mashg’ulotlarning talabalarning bilim va malakalarini rivojlantirishdagi 
ahamiyatiga bog’liq savollar o’rin oldi. Uchinchi blokda esa amaliy mashg’ulotlarni 
tashkil etishga xalaqit beruvchi omillarni aniqlash bilan bog’liq savollar o’rin oldi. 
Bakalavriat ta’limi yo’nalishida qalamtasvir fani bo’yicha o’quv dasturlari, 
darsliklar, uslubiy qo’llanmalarni tahlil qilish, talabalarning amaliy ijodiy ishga 


78 
tayyorgarlik darajasini tekshirish o’tkazildi. Natijalarni matematik statistik tahlil 
qilish qo’llanildi. Natijalar tahlili, kuzatuvlar, suhbatlar va pedagogik shaxsiy 
tajribalar qalamtasvir fani bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish, xususan 
auditoriyada akademik vazifalarni tashkil etish mazmuni va ularni bajarish 
texnologiyasi bo’yicha tajribaviy ta’limni o’tkazish bo’yicha uslubiy ishlanmalar 
ishlab chiqishda foydalanildi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling