Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
Mushaklarning kuchi
Mushaklar kuchini aniqlash uchun ko`pchilik holatlarda ikkita ko`rsatkichlardan foydalaniladi: 1) maksimal erkin kuch (MEK) maksimal irodali kuchlanish paytida dinamometrning ko`rsatkichi kilogramm kuch va 2) maksimal erkin kuchning nisbiy o`lchami, ya`ni odam tanasining 1 kg massasiga to`g`ri keluvchi maksimal erkin kuchning o`lchami. Mushak kuchining yoshga oid rivojlanishida jinsiy farqlar qayd qilinadi: turli turdagi faoliyatlarni ta`minlash uchun mushaklar guruhlarining qamrab olinish darajasi va muddatlarining farqi bilan bog`liq bo`lgan notekislik va geteroxronlik. Rivojlanish davrlarning katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi tufayli yoshga oid dinamikasini faqatgina jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasigina emas, balki ularning rivojlanish tezligini ham maxsus tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Yoshga oid rivojlanishning tezligi uchun (V, %) o`tgan yilgi darajasini o`rtacha o`lchamini foizlarda olingan mos bo`lgan yillik o`sishi olinadi (3-rasm). O deb yilning o`rtacha daraja (100%) olinadi, rasmdagi shkalalarning foizlari 100% lik ko`rsatkichdan musbat yoki manfiy tarafga og`ish. Bunday belgilashlar kelgusi rasmlarda ham qo`llaniladi. Bu mushaklarga maksimal erkin kuch (MEK) ning har yilgi yuqori darajada qo`shilishi (2025% chegarasida) qizlarning eng yosh davridan (4 yoshdan) pubertat davri boshlangunga qadar seziladi (1011 yoshgacha). Uning o`sish tezligini o`rtacha sekinlashishi 10 yoshda va 1214 yoshlarda, ya`ni jinsiy yetilish oldidan va jinsiy yetilish davrlarida yuz beradi. 14 yoshdan keyin MEK ning 43 o`sish tezligining tempi pasayadi. Oyoq panjalarining yozuvchi mushaklarining MEK ham tez o`sadi, lekin o`sish tezligining cho`qqisi bir yildan (30% gacha) keyinroq amalga oshadi (6 yoshdan 10 yoshgacha). Pubertat davrda (10-13 yosh) o`sish tezligi pasayadi, pubertatdan keyingi davrda esa (14-17 yosh) yozuvchi mushaklar kuchining o`sish tezligi yana ko`tariladi, shundan keyingina ma`lum darajaga erishadi. 3-rasm. Turli mushaklar guruhlari kuchining ishga oid dinamikasi (MEK, kg) A va uning rivojlanish tezligi (V, %), B qiz bolalarda (S.N.Kuchkin va boshqalar bo`yicha, 2001). 44 Qiz bolalarda bukuvchi mushaklar, jumladan, yelkaning bukuvchi mushaklari ancha kuchsiz. Bu mushaklar kuchining ortish tezligi gavdaning va oyoq mushaklarining ortish tezligidan yetarlicha past. Bukuvchi mushaklar erkin kuchining o`sishi tezligining eng yuqori cho`qqisi (17% atrofida) pubertat davriga to`g`ri keladi (1013 yoshgacha) undan keyin esa barqarorlik boshlanadi. MEKning bunday dinamikasi boshqa bukuvchi mushaklar uchun ham xosdir (gavda, bilak, son). Bundan faqatgina barmoqlarning bukuvchi mushaklarigina mustasno, qaysiki, uning rivojlanish tempi va qo`shiladigan kuchning o`lchami ularda bir muncha yuqori hiboblanadi. Gavdaning va oyoqlarning yozuvchi mushaklariga keladigan bo`lsak (jumladan, boldir mushagi), o`g`il bolalarda qiz bolalardan ustunlik asosan faqat pubertat davrida namoyon bo`ladi va keyingi yillari orta boradi. Katta ulushdagi antigravitatsion komponentlardan iborat ko`plab jismoniy mashqlarda o`z tanasining harakatini o`zgartirishi bo`yicha mushaklarning kuchlanishida natijalar MEKning mutlaq o`lchamiga emas, balki nisbiy o`lchamiga bog`liq bo`ladi. 45 4-rasm. Barmoqlar bukuvchi mushaklari kuchini yoshga oid dinamikasi (MEK, kg) A va uning yoshga oid rivojlanish tezligi (V, %) B qiz bolalar va o`g`il bolalarda) (S.N.Kuchkin va boshqalar bo`yicha, 2001). Qiz bolalarda nisbiy MEKning yoshga oid dinamikasida o`sishning ikkita to`lqini aniqlangan. Birinchisi eng davomiyli uzun va ancha yuqori tempdagi o`sish (1 yilda 15% gacha) 1bolalik davri (4 yosh) dan pubertatoldi davrining oxirigacha (9 yosh). 10 yoshlik davrida nisbiy MEKning katta (20% gacha) kamayishi kuzatiladi. Pubertat davriga bu ko`rsatkichning unchalik tez bo`lmagan o`sishining ikkinchi to`lqini keladi. Keyingi yillarda nisbiy MEKning stabillashuvi yoki pasayishi kuzatiladi. 46 O`g`il bolalarda 10 yoshligidan boshlab mushaklar kuchining nisbiy o`lchami bo`yicha qiz bolalarga nisbatan jiddiy ustunlik bo`ladi, bu esa 11 yoshdan 17 yoshgacha davom etib uning o`sishini ancha yuqori templarda bajarilishi hisobiga yuz beradi. Shuni qayd qilish kerakki, o`g`il bolalardagi singari, qiz bolalarda ham nisbiy MEKning ortishi asosan pubertatoldi davrida yuz beradi. Bu holat mushaklarning erkin faoliyatining asab boshqarilishining takomillanishi hamda pubertatoldi davridagi mushaklarning tuzilishi va xususiyatlari bilan bog`liqdir. Nisbiy MEK bo`yicha turli mushak guruhlarining rivojlanishidagi geteroxronlik mutlaq MEKga nisbatan kam namoyon bo`ladi. Qiz bolalarda nisbiy MEKning o`sish tezligining eng yuqori cho`qqisi gavdaning yozuvchi mushaklar uchun hayotning 5-yilida, yelkani bukuvchilar uchun 6 yoshda, bolalar mushagi uchun esa 6 yoshdan 10 yoshgacha muddatlarda qayd qilinadi. Umumiy MEKga nisbatan, nisbiy MEKning yoshga oid ortishi juda ko`p marta kam namoyon bo`ladi (3-jadval). Masalan, qiz bolalarda 8 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan muddatda gavdani yozuvchi mushaklarining MEK yiliga o`rtacha 26,2% ga ortsa, nisbiy MEK bor-yo`g`i 4,35 ga ortadi. O`g`il bolalarda esa, bu ko`rsatkichlar 44,0 va 10,4 % ni tashkil etadi. Umuman olganda maksimal darajadagi aerobli imkoniyatlar juda katta miqdordagi omillarga bog`liq bo`ladi: yosh, jins, jismoniy rivojlanish, biologik yetilishning individual tempi, odam hayoti tarkibidagi harakat faolligining darajasi, gavdaning tarkibi, geografik muhit, jismoniy madaniyat va sport bilan shug`ullanish, o`qish, xizmat, oziqlanish va boshqalar. Qayd qilingan omillarning ``minus belgi bilan ta`siri qanchalik ko`p bo`lsa, xuddi shunday sharoitda aerobli unumdorlikdagi ish bajarish qobiliyati va sog`liqni yo`qotishlar shunchalik ko`p bo`ladi (4-jadval). 4-jadval |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling