Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Epchillik va egiluvchanliklarning fiziologik tavsifi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Epchillik va egiluvchanliklarning fiziologik tavsifi
Epchillik “ yangi harakat turlarini bajara olish qobiliyati (tez o`rganish 
qobiliyati) va o`zgaruvchan muhit yoki holat talabiga binoan harakatlanish 
xattiharakatlarini juda tez qayta o`zgartirish qobiliyatidir.


68 
Epchillikni o`lchagichlari bo`lib, harakatning koordinatsion murakkabligi, 
uning bajarilish aniqligi (harakatning maydondagi vaqtinchalik kuchlilik 
tavsiflarining aniqligi), harakatning yuqori samaradorligi, harakatning bajarilish 
vaqti (harakatning bajarilishi uchun zarur bo`lgan yoki holatning o`zgarishidan 
javob harakatlari boshlangunigacha bo`lgan vaqtlar) hisoblanadi.
Epchillikning 
fiziologik 
va 
psixologik 
asosi 
bo`lib, 
harakat 
ko`nikmalarining zaxirasi (harakat tajribalari, harakat shartli reflekslari), 
chaqqonlik va murakkab harakat reaksiyalarining aniqligi, harakat analizatori 
funksiyasining takomillashganligi (o`z harakatlarini qabul qilish va sezish 
aniqligi), epchillikning psixologik xususiyatlari o`z harakatlarini va atrof-muhit 
holatini to`la qimmatli seza olishlar chaqqonlik va murakkab harakatlar
reaksiyalarining aniqligi hisoblanadi.
Epchillikning rivojlanish asosi bo`lib quyidagilar: yangi harakatlarni 
bajarish texnikasini egallash, qaysiki o`z navbatida harakat ko`nikmalari zaxirasini 
oshiradi, o`rganilayotgan harakatlarning aniqligini hisobga olgan holda 
koordinatsion murakkabligining oshishi tez va to`liq tiklanuvchanlik mashqlarini
o`rganish, 
maydonni 
sezish 
mashqlarini 
o`rganish 
(tabaqalashtiruvchi 
tormozlanish), vaqtini sezishlar hisoblanadi. Bolalarni o`rgatish paytida xohish 
bo`lmagan, aralash harakatlardan, aniq va maqsad sari yo`naltirilgan harakatlarga 
o`tish zarur bo`ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling