Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Chaqqonlik “ eng qisqa vaqt ichida harakatlanish xatti-harakatlarini 
bajarish qobiliyatidir. Tezlikning asosan uch xil shakli farqlanadi: yashirin vaqti, 
yoki yashirin davrning qisqarishi va bo`shashishlari farqlanadigan murakkab va 
oddiy harakat reaksiyalarning yashirin davrlari; maksimal darajada tez yakka 
harakatlarni bajarish vaqtining normasi 0,1 s ga teng; harakatlarning maksimal 
chastotasining normasi 60-80; ilg`orlarda esa 10 soniyadan “ 120 gacha.
Asab-mushak a`zosining, funksional harakatchanligi asab jarayonlarining 
qo`zg`aluvchanligi va harakatchanligi, mushaklarning tuzilishi va vazifalari hamda 
hujayralarda AUF va KrF larning miqdoriga bog`liq.
Yaxlit harakat tezligi bilan tezlikning namoyon bo`lish fazasi orasida bog`lanish 
yo`q. Tezlik “ bu doimo harakat sifatlarining kompleksi, qaysiki harakatda kuchli 
komponentlar ishtirok etadi.


63 
Chaqqonlikning fiziologik asoslari 
Yashirin davr yoki harakat reaksiyalarining vaqti beshta tarkibdan iborat bo`ladi:
1. 
Reseptorlarda qo`zg`alishning paydo bo`lishi;
2. 
Afferent yo`llar bilan impulslarni markaziy asab tizimi orqali 
o`tkazilishi;
3. 
Markaziy asab tizimidagi effektorli signal shakllanguniga qadar 
ketgan vaqt (markaziy tormozlanishi);
4. 
Markaziy asab tizimidan mushaklargacha boradigan yo`l;
5. 
Mushaklarning qo`zg`alishi va mexanik faollikning namoyon 
bo`lishi.
Bu bosqichlar orasida eng ko`p vaqtni (50% dan ko`proq) 3-faza egallaydi.
Chaqqonlikning zaxirasi va uni takomillashtirilish mexanizmi quyidagilardan 
iboratdir:
1.Asab-mushak a`zosining qo`zg`aluvchanligi va funksional harakatchanligi 
ortadi;
2.Sinapslardan o`tish vaqti qisqaradi (mediatorlarni chiqarilishi va diffuziyasi, 
postsinaptik membranasining depolyarizatsiyalanish tezligi);  
3.Asab va mushak tolalari bo`ylab qo`zg`alish jarayonining tarqalish tezligi ortadi;
4. Qisqarayotgan 
mushaklarga 
qo`zg`alishni 
o`tish tezligi ortadi;
5. Mushak tolalarining kaltalanish tezligi ortadi;
6. Mushak tolalarining bo`shashish tezligi 
ortadi; 7. AUF ning parchalanishi va resintezi 
tezlashadi;
8. Markaziy tormozlanish vaqti qisqaradi.
Chaqqonlikni o`lchash usuli bo`lib xronorefleksometriya, harakatlanuvchi 
obyektga reaksiya, tepping-test va boshqalar hisoblanadi.
Asab markazlarining holatini va mushaklarning qisqaruvchanlik xususiyatlarini 
tahlil qilish usuli bo`lib, qisqarish va bo`shashishlarini o`rganish hisoblanadi. 


64 
Qisqarishning o`rtacha vaqti “ 0,20 s (0,15-0,25); sprinterlarda “ 0,120,15 s; eng 
yaxshi sprinterlarda yashirin davr 80-100 ms. Murakkab reaksiyaning vaqti 2-3 
marta katta.
Chaqqonlik zaxirasi harakatning maksimal darajasi va qisqarishning yashirin davr 
ko`rsatkichlari bo`yicha 150-200 % ni tashkil etadi, bu paytda bu ko`rsatkichlar 
90 dan 30 % gacha pasayishi mumkin; harakatning chaqqonlik zaxirasi faqat 30-
40% gacha pasayadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling