Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta`siri


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta`siri  
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar natijasida modda va energiya almashinuvi 
oshadi. Organizmning ovqatga bo`lgan ehtiyoji ortib hazm tizimi faoliyati 
kuchayadi. Ishtahaning ortishi me`da-ichak yo`llarida shira ajralib chiqish 
jarayonini faollashtirib, organizmda o`tayotgan butun hazm jarayonlariga ijobiy 
ta`sir ko`rsatadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko`rsatadigan ta`siri 
hamma vaqtda ham ijobiy bo`la olmaydi. Ovqat iste`mol qilingandan keyin 
jismoniy ish bajarishi, aksincha, hazm a`zolari faoliyatiga salbiy ta`sir yetkazishi 
ham mumkin. Me`da-ichakda shira chiqaruvchi bezlarning faoliyati pasayib ketadi 
va hatto tormozlanadi.
Hayvonlar ustida o`tkazilgan tajribalar shuni ko`rsatadiki, mushak faoliyati 
jarayonida hazm bezlarining sekretsiyasi susayadi, reflektor yo`l bilan sekretsiya 
bo`ladigan hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi.
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish 
jarayonlarining susayishi va tormozlanishi markaziy asab tizimida hazm 
markazlarining tormozlanishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bu funksional 
o`zgarishlar markaziy asab tizimida qo`zg`algan harakat markazlariga manfiy 
induksiyaning paydo bo`lishi bilan asoslanadi.
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta`sirot 
yetkazadigan yana bir omil, bu qonni qayta taqsimlanishidir. Buning natijasida 
hazm bezlarining qonga ehtiyoji pasayadi va ularning sekretsiyasi susayadi. 
Shuning uchun ovqat iste`mol qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan 
shug`ullanish man etiladi.


54 
Sportchilar bilib olishlari kerakki, jismoniy mashqlar va mushak faoliyati 
nafaqat hazm jarayonlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi, balki ovqatning qayta hazm 
qilish faolligiga hamda mushaklarning harakat faoliyatiga xalaqit beradi. Hazm 
markazlarining qo`zg`alishi, qonning mushaklardan qorin bo`shlig`iga oqib borishi 
jismoniy mehnatga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bundan tashqari, me`dada ovqatning 
ko`p yig`ilishi diafragmani ko`tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish 
tizimlariga salbiy ta`sir etadi. Shuning uchun ovqat iste`mol qilish va jismoniy 
mashqlar o`rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko`p 
vaqt bu qoidaga rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni 
iste`mol qilish va jismoniy mashqlarning bajarilishi o`rtasidagi vaqt bir soatdan 
kam bo`lmasligi kerak.
Hazm a`zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli 
mehnat va sport mashqlari bilan bog`liq faoliyatini yo`lga qo`yishlari ahamiyatga 
molik. Masalan, tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a`zolari 
faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. O`zbekistonda yoz faslida havo harorati soya 
joyda +40-47= gacha ko`tariladi. Bunday sharoitda organizm a`zolari faoliyati 
keskin o`zgaradi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va 
hatto asab-mushak faoliyatida ham o`zgarishlar yuz beradi. Natijada odam 
organizmi ko`p suv yo`qotadi, qon quyuqlashadi, mushak-asab qo`zg`aluvchanligi 
o`zgaradi. Shuning uchun issiq sharoitda odam organizmining chidamli bo`lishi, 
jismoniy mehnatning unumdorligini oshirishi va turli sport turlari bo`yicha 
muvaffaqiyatlarga erishish uchun organizm adaptatsiyasining chora-tadbirlarini 
o`ylab topish zaruriyati tug`iladi.
Organizm qabul qiladigan oqsil miqdori bir kecha-kunduzda 90 g (1g/kg 
dan kam emas), yog`-110 g va uglevodlar 400 ga yaqin bo`lishi shart. Uglevodlar 
ko`pchilik sportchilar organizmi uchun zarur energiya manbaidir. Ularning 
energiya hosil qilishidagi hissasi 50% kaloriyadan kam bo`lmasligi kerak. 
Chidamlilikni talab etuvchi sport turlari bilan shug`ullanadigan sportchilarda bu 
ko`rsatkich 55-65% bo`lishi kerak.


55 
Har qanday inson kabi sportchilarning ovqatlanish ratsionida yog`lar 30% 
bo`lishi kerak, u salomatlik holatini yaxshilaydi, kasalliklar rivojlanishining oldini 
oladi va optimal sport faoliyatiga imkon yaratadi. Mushak faoliyatida asosan yog` 
va uglevodlar, kam miqdorda oqsildan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda sportchilar tomonidan oqsilning ko`p miqdorda iste`mol 
qilinishi isbotlanmagan. Oqsilning haddan ortiq qabul qilinishi salomatlikka salbiy 
ta`sir qilishi mumkin, chunki foydalanmagan aminkislotalarni chiqarishi zarur 
bo`lgan buyraklar zo`riqishi oshadi. Ko`pgina sportchilar organizmiga umumiy 
kaloriyasi taomning 12-15% ini oqsil tashkil etsa kifoya qiladi (2.3-jadval).
Suvga bo`lgan zarurat miqdori odatiy 2-2,5 litrni tashkli etadi, lekin jismoniy 
faoliyat davomiyligi atrof-muhit harakatiga bevosita bog`liq. Shuni alohida 
ta`kidlash joizki, musobaqa vaqtida marafonchi mushaklarida 2-3 soat mobaynida 
500 ml ga yaqin suv to`planadi.
Organizm suvsizlanganda, ya`ni trendtanda yuqori haroratli 40
0
S muhitda 
uzoq vaqt davomida (bir necha soat) suv zaxirasini to`ldirmay yugurish YUQCH 
ning keskin oshishi kuzatiladi. Suyuqlik iste`mol qilmagan sportchilar tez toliqib 6 
soatlik jismoniy faoliyatni yakunlay olishmaydi. Tana massasi yo`qotgan 
miqdorga nisbatan yetarlicha suv yoki fiziologik suyuqlik qabul qilish 
degidratatsiya va YUQCH oshishining oldini oladi. Issiq ichimliklarni tana 
haroratiga teng iste`mol qilish ham organizmni qizib ketishidan himoya qiladi, shu 
bilan birgalikda yaxna ichimliklar tananing sovushi jarayonini tezlashtiradi.
Shubhasiz, organizm suv zaxirasini to`ldirish juda muhim, lekin haddan 
tashqari ko`p suyuqlik iste`mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
So`nggi bir necha yillar davomida sportning siklik turi bilan shug`ullanadigan 
sportchilarda giponatriemiya (natriy miqdorining keskin kamayishi) kuzatilgan. 
Klinik nuqtayi nazardan giponatriemiya qonda natriy miqdorining me`yoriy 
holatdan pastligi “ 136-143 mmol/l bilan ifodalanadi. Giponatriemiya belgilari 
bosqichma-bosqich ko`rinadi: holsizlik, epileptik tutqanoq va koma.


56 
Marafonchilar terlab 3-5 l suyuqlik yo`qotadi, 2-3 l suv iste`mol qilib qon 
plazmadagi natriy, xlor va kaliyning me`yoriy konsentratsiyasini ushlab turadi. 
Issiq ob-havoda kuniga 25-40 km uzoq masofaga yuguruvchilar taomlarni tuzsiz 
iste`mol qilsa organizmda elektrolitlar yetishmovchiligini his qilmaydi, 
elektrolitlarning normal me`yoriy 8 kun mobaynida har kuni 3-4 l miqdorda 
terlashda atigi 30% kaliy iste`moli yetarli hisoblanadi. Giponatriemiya juda uzoq 
masofaga yugurish (42 km dan ortiq)da hosil bo`lishi mumkin.
Musobaqalar davrida musobaqadan ikki soat oldin ovqatlanish maqsadga 
muvofiqdir. Uning kaloriyaligi 200-250 kkal dan oshmagan bo`lishi mumkin. 
Bular donli mahsulotlar, sharbatlar bo`lishi mumkin. Ular tez hazm bo`ladi va 
me`daning o`ta to`lganligi hissini uyg`otadi. Ovqat hazm qilish intensivligi juda 
individual, shu sababli uni iste`mol qilish vaqtini kishini oldingi tajribalarga 
asoslab belgilash zarur. Suyuq ovqat musobaqagacha, shuningdek, musobaqa 
davomida alohida tanaffuslar vaqtida iste`mol qilish tavsiya etiladi.
7-jadval

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling