68
Epchillikni o`lchagichlari bo`lib, harakatning koordinatsion murakkabligi,
uning bajarilish aniqligi (harakatning maydondagi
vaqtinchalik kuchlilik
tavsiflarining aniqligi), harakatning yuqori samaradorligi,
harakatning bajarilish
vaqti (harakatning bajarilishi uchun zarur bo`lgan yoki holatning o`zgarishidan
javob harakatlari boshlangunigacha bo`lgan vaqtlar) hisoblanadi.
Epchillikning
fiziologik
va
psixologik
asosi
bo`lib,
harakat
ko`nikmalarining zaxirasi (harakat tajribalari, harakat shartli reflekslari),
chaqqonlik va murakkab harakat
reaksiyalarining aniqligi, harakat analizatori
funksiyasining takomillashganligi (o`z harakatlarini
qabul qilish va sezish
aniqligi), epchillikning psixologik xususiyatlari o`z harakatlarini va atrof-muhit
holatini to`la qimmatli seza olishlar chaqqonlik
va murakkab harakatlar
reaksiyalarining aniqligi hisoblanadi.
Epchillikning rivojlanish asosi bo`lib quyidagilar: yangi harakatlarni
bajarish texnikasini egallash, qaysiki o`z navbatida harakat ko`nikmalari zaxirasini
oshiradi, o`rganilayotgan harakatlarning aniqligini
hisobga olgan holda
koordinatsion murakkabligining oshishi tez va to`liq tiklanuvchanlik mashqlarini
o`rganish,
maydonni
sezish
mashqlarini
o`rganish
(tabaqalashtiruvchi
tormozlanish), vaqtini sezishlar hisoblanadi. Bolalarni o`rgatish paytida xohish
bo`lmagan, aralash harakatlardan, aniq va maqsad sari yo`naltirilgan harakatlarga
o`tish zarur bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: