Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi guruh
- Tinch va jismoniy mashqlar vaqtida energiyaning sarfi
Birinchi guruh - aqliy mehnat kishilari (olimlar, shifokorlar, muxandislar,
idora xizmatchilari va boshqalar) 3000-3200 kkal. Ikkinchi guruh - mexanizatsiyalashgan korxona ishchilari (tokorlar, frezeyerchilar, to`qimachilar, shahar transporti haydovchilari) 3500 kkal. Uchinchi guruh - qisman mexanizatsiyalashgan korxonalarda jismoniy mehnat bilan shug`ullanadigan ishchilar (slesarlar, o`t yoquvchilar, qishloq xo`jalik ishchilari) 4000 kkal. To`rtinchi guruh og`ir jismoniy mehnat qiluvchilar 4300-5000 kkal. Odamda energiya sarfi uning fiziologik holati va mushaklarning faoliyatiga bog`liq. Yuqorida aytib o`tganimizdek, mushak faoliyati vaqtida energiya ko`p sarflanadi. Energiya sarfining bunday o`zgarishi ish qo`shimchasini tashkil etadi va mushakning zo`r berib ishlashi bilan bog`liq (8-jadval). 8-jadval. Tinch va jismoniy mashqlar vaqtida energiyaning sarfi № Organizmning holati, ishning xususiyati Organizmning 1 kg massasi uchun 1 daqiqa davomida sarf 61 bo‗ladigan energiya, DJ (kkal) 1. Uyqu 65 (15,5) 2. Yotib dam olish (uyqusiz) 77 (18,3) 3. Aqliy mehnat (o‗tirib) 102 (24,3) 4. Qattiq o`qish 105 (25) 5. 50 m/daqiqada yurish 214 (51) 6. 16 km/soat yurish 299 (71,4) 7. 100 m/daqiqa uyda 457 (109) 8. Chang`ida yurish 499 (119) 9. Suzish 499 (119) 10. 8 km/soat yurish 649 (154) 11. 140 m/daqiqa yurish va yugurish 756 (180,3) 12. 60 m ga yugurish 2715 (647,9) Uyquga nisbatan asta-sekin yugurgan vaqtda energiya 3 karra ko`proq, yaqin masofaga chopishda esa 40 karra ko`proq sarflanadi. Qisqa muddatli zo`riqishda energiya karbonsuvlarning oksidlanishi evaziga sarflanadi. Uzoq muddatli mushaklar faoliyati oqibatida organizmda yog`lar parchalanib, uning natijasida zaruriy energiyaning 80% sarf bo`ladi. Jismoniy tarbiya bilan shug`ullanadigan kishilarda mushaklar qisqarishi uchun zarur bo`lgan energiya, yog`lar oksidlanishi oqibatida hosil bo`ladi. Ovqat ratsionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog`lar bo`lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon mahsulotlaridan bo`lishi kerak. Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim. 62 Ovqatda yangi sabzavot yoki mevalar bo`lishi shart. Bular asosiy vitamin manbalaridir. Ovqatning o`zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim. Ovqat mazali qilib tayyorlanishi kerak. Ozoda qilib, chiroyli dasturxon yasash, ovqatni o`xshatib tayyorlash ishtahani ochadi, hazm a`zolarining ishini kuchaytiradi va ovqatning yaxshiroq hazm bo`lishiga, binobarin, yaxshiroq o`zlashtirilishiga yordam beradi. Odam odatda aralash ovqatlarni iste`mol qiladi. Bunday ovqatlarda oziq moddalar va ovqatga maza kiritadigan ekstrfaol moddalar bo`ladi. Ovqatga bunday maza kirituvchi moddalar go`shtda va boshqa ba`zi bir mahsulotlarda ko`p bo`ladi, shuning uchun ham go`sht sho`rvasi va suyuq osh hazm bezlariga ta`sir etib, ularning zo`r berib ishlashiga sabab bo`ladi. Ovqat ratsionini to`g`ri tuzish uchun muayyan mahsulotlardagi oqsillar, yog`lar va karbonsuvlarning miqdorini va kaloriya qimmatini bilish kerak. 9- jadval turli mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling