Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta`siri
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta`siri
Jismoniy ish va jismoniy mashqlar natijasida modda va energiya almashinuvi oshadi. Organizmning ovqatga bo`lgan ehtiyoji ortib hazm tizimi faoliyati kuchayadi. Ishtahaning ortishi me`da-ichak yo`llarida shira ajralib chiqish jarayonini faollashtirib, organizmda o`tayotgan butun hazm jarayonlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko`rsatadigan ta`siri hamma vaqtda ham ijobiy bo`la olmaydi. Ovqat iste`mol qilingandan keyin jismoniy ish bajarishi, aksincha, hazm a`zolari faoliyatiga salbiy ta`sir yetkazishi ham mumkin. Me`da-ichakda shira chiqaruvchi bezlarning faoliyati pasayib ketadi va hatto tormozlanadi. Hayvonlar ustida o`tkazilgan tajribalar shuni ko`rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida hazm bezlarining sekretsiyasi susayadi, reflektor yo`l bilan sekretsiya bo`ladigan hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi. Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining susayishi va tormozlanishi markaziy asab tizimida hazm markazlarining tormozlanishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bu funksional o`zgarishlar markaziy asab tizimida qo`zg`algan harakat markazlariga manfiy induksiyaning paydo bo`lishi bilan asoslanadi. Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta`sirot yetkazadigan yana bir omil, bu qonni qayta taqsimlanishidir. Buning natijasida hazm bezlarining qonga ehtiyoji pasayadi va ularning sekretsiyasi susayadi. Shuning uchun ovqat iste`mol qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug`ullanish man etiladi. 54 Sportchilar bilib olishlari kerakki, jismoniy mashqlar va mushak faoliyati nafaqat hazm jarayonlariga salbiy ta`sir ko`rsatadi, balki ovqatning qayta hazm qilish faolligiga hamda mushaklarning harakat faoliyatiga xalaqit beradi. Hazm markazlarining qo`zg`alishi, qonning mushaklardan qorin bo`shlig`iga oqib borishi jismoniy mehnatga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bundan tashqari, me`dada ovqatning ko`p yig`ilishi diafragmani ko`tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish tizimlariga salbiy ta`sir etadi. Shuning uchun ovqat iste`mol qilish va jismoniy mashqlar o`rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko`p vaqt bu qoidaga rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni iste`mol qilish va jismoniy mashqlarning bajarilishi o`rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo`lmasligi kerak. Hazm a`zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va sport mashqlari bilan bog`liq faoliyatini yo`lga qo`yishlari ahamiyatga molik. Masalan, tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a`zolari faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. O`zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda +40-47= gacha ko`tariladi. Bunday sharoitda organizm a`zolari faoliyati keskin o`zgaradi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak faoliyatida ham o`zgarishlar yuz beradi. Natijada odam organizmi ko`p suv yo`qotadi, qon quyuqlashadi, mushak-asab qo`zg`aluvchanligi o`zgaradi. Shuning uchun issiq sharoitda odam organizmining chidamli bo`lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini oshirishi va turli sport turlari bo`yicha muvaffaqiyatlarga erishish uchun organizm adaptatsiyasining chora-tadbirlarini o`ylab topish zaruriyati tug`iladi. Organizm qabul qiladigan oqsil miqdori bir kecha-kunduzda 90 g (1g/kg dan kam emas), yog`-110 g va uglevodlar 400 ga yaqin bo`lishi shart. Uglevodlar ko`pchilik sportchilar organizmi uchun zarur energiya manbaidir. Ularning energiya hosil qilishidagi hissasi 50% kaloriyadan kam bo`lmasligi kerak. Chidamlilikni talab etuvchi sport turlari bilan shug`ullanadigan sportchilarda bu ko`rsatkich 55-65% bo`lishi kerak. 55 Har qanday inson kabi sportchilarning ovqatlanish ratsionida yog`lar 30% bo`lishi kerak, u salomatlik holatini yaxshilaydi, kasalliklar rivojlanishining oldini oladi va optimal sport faoliyatiga imkon yaratadi. Mushak faoliyatida asosan yog` va uglevodlar, kam miqdorda oqsildan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda sportchilar tomonidan oqsilning ko`p miqdorda iste`mol qilinishi isbotlanmagan. Oqsilning haddan ortiq qabul qilinishi salomatlikka salbiy ta`sir qilishi mumkin, chunki foydalanmagan aminkislotalarni chiqarishi zarur bo`lgan buyraklar zo`riqishi oshadi. Ko`pgina sportchilar organizmiga umumiy kaloriyasi taomning 12-15% ini oqsil tashkil etsa kifoya qiladi (2.3-jadval). Suvga bo`lgan zarurat miqdori odatiy 2-2,5 litrni tashkli etadi, lekin jismoniy faoliyat davomiyligi atrof-muhit harakatiga bevosita bog`liq. Shuni alohida ta`kidlash joizki, musobaqa vaqtida marafonchi mushaklarida 2-3 soat mobaynida 500 ml ga yaqin suv to`planadi. Organizm suvsizlanganda, ya`ni trendtanda yuqori haroratli 40 0 S muhitda uzoq vaqt davomida (bir necha soat) suv zaxirasini to`ldirmay yugurish YUQCH ning keskin oshishi kuzatiladi. Suyuqlik iste`mol qilmagan sportchilar tez toliqib 6 soatlik jismoniy faoliyatni yakunlay olishmaydi. Tana massasi yo`qotgan miqdorga nisbatan yetarlicha suv yoki fiziologik suyuqlik qabul qilish degidratatsiya va YUQCH oshishining oldini oladi. Issiq ichimliklarni tana haroratiga teng iste`mol qilish ham organizmni qizib ketishidan himoya qiladi, shu bilan birgalikda yaxna ichimliklar tananing sovushi jarayonini tezlashtiradi. Shubhasiz, organizm suv zaxirasini to`ldirish juda muhim, lekin haddan tashqari ko`p suyuqlik iste`mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. So`nggi bir necha yillar davomida sportning siklik turi bilan shug`ullanadigan sportchilarda giponatriemiya (natriy miqdorining keskin kamayishi) kuzatilgan. Klinik nuqtayi nazardan giponatriemiya qonda natriy miqdorining me`yoriy holatdan pastligi 136-143 mmol/l bilan ifodalanadi. Giponatriemiya belgilari bosqichma-bosqich ko`rinadi: holsizlik, epileptik tutqanoq va koma. 56 Marafonchilar terlab 3-5 l suyuqlik yo`qotadi, 2-3 l suv iste`mol qilib qon plazmadagi natriy, xlor va kaliyning me`yoriy konsentratsiyasini ushlab turadi. Issiq ob-havoda kuniga 25-40 km uzoq masofaga yuguruvchilar taomlarni tuzsiz iste`mol qilsa organizmda elektrolitlar yetishmovchiligini his qilmaydi, elektrolitlarning normal me`yoriy 8 kun mobaynida har kuni 3-4 l miqdorda terlashda atigi 30% kaliy iste`moli yetarli hisoblanadi. Giponatriemiya juda uzoq masofaga yugurish (42 km dan ortiq)da hosil bo`lishi mumkin. Musobaqalar davrida musobaqadan ikki soat oldin ovqatlanish maqsadga muvofiqdir. Uning kaloriyaligi 200-250 kkal dan oshmagan bo`lishi mumkin. Bular donli mahsulotlar, sharbatlar bo`lishi mumkin. Ular tez hazm bo`ladi va me`daning o`ta to`lganligi hissini uyg`otadi. Ovqat hazm qilish intensivligi juda individual, shu sababli uni iste`mol qilish vaqtini kishini oldingi tajribalarga asoslab belgilash zarur. Suyuq ovqat musobaqagacha, shuningdek, musobaqa davomida alohida tanaffuslar vaqtida iste`mol qilish tavsiya etiladi. 7-jadval Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling