Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Mushaklarning kuchi 
Mushaklar 
kuchini 
aniqlash 
uchun 
ko`pchilik 
holatlarda 
ikkita 
ko`rsatkichlardan foydalaniladi: 1) maksimal erkin kuch (MEK) “ maksimal 
irodali kuchlanish paytida dinamometrning ko`rsatkichi kilogramm kuch va 2) 
maksimal erkin kuchning nisbiy o`lchami, ya`ni odam tanasining 1 kg massasiga 
to`g`ri keluvchi maksimal erkin kuchning o`lchami.
Mushak kuchining yoshga oid rivojlanishida jinsiy farqlar qayd qilinadi:
turli turdagi faoliyatlarni ta`minlash uchun mushaklar guruhlarining qamrab 
olinish darajasi va muddatlarining farqi bilan bog`liq bo`lgan notekislik va 
geteroxronlik.
Rivojlanish davrlarning katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi tufayli yoshga 
oid dinamikasini faqatgina jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasigina emas
balki ularning rivojlanish tezligini ham maxsus tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Yoshga oid rivojlanishning tezligi uchun (V, %) o`tgan yilgi darajasini o`rtacha 
o`lchamini foizlarda olingan mos bo`lgan yillik o`sishi olinadi (3-rasm). “O“ deb 
yilning o`rtacha daraja (100%) olinadi, rasmdagi shkalalarning foizlari “ 100% lik 
ko`rsatkichdan musbat yoki manfiy tarafga og`ish. Bunday belgilashlar kelgusi 
rasmlarda ham qo`llaniladi.
Bu mushaklarga maksimal erkin kuch (MEK) ning har yilgi yuqori darajada 
qo`shilishi (20“25% chegarasida) qizlarning eng yosh davridan (4 yoshdan) 
pubertat davri boshlangunga qadar seziladi (10“11 yoshgacha). Uning o`sish 
tezligini o`rtacha sekinlashishi 10 yoshda va 12“14 yoshlarda, ya`ni jinsiy yetilish 
oldidan va jinsiy yetilish davrlarida yuz beradi. 14 yoshdan keyin MEK ning 


43 
o`sish tezligining tempi pasayadi. Oyoq panjalarining yozuvchi mushaklarining 
MEK ham tez o`sadi, lekin o`sish tezligining cho`qqisi bir yildan (30% gacha) 
keyinroq amalga oshadi (6 yoshdan 10 yoshgacha). Pubertat davrda (10-13 yosh) 
o`sish tezligi pasayadi, pubertatdan keyingi davrda esa (14-17 yosh) yozuvchi 
mushaklar kuchining o`sish tezligi yana ko`tariladi, shundan keyingina ma`lum 
darajaga erishadi.
3-rasm. Turli mushaklar guruhlari kuchining ishga oid dinamikasi (MEK, 
kg) – A va uning rivojlanish tezligi (V, %), B – qiz bolalarda (S.N.Kuchkin va  
boshqalar bo`yicha, 2001).  


44 
Qiz bolalarda bukuvchi mushaklar, jumladan, yelkaning bukuvchi 
mushaklari ancha kuchsiz. Bu mushaklar kuchining ortish tezligi gavdaning va 
oyoq mushaklarining ortish tezligidan yetarlicha past. Bukuvchi mushaklar erkin 
kuchining o`sishi tezligining eng yuqori cho`qqisi (17% atrofida) pubertat davriga
to`g`ri keladi (10“13 yoshgacha) undan keyin esa barqarorlik boshlanadi. 
MEKning bunday dinamikasi boshqa bukuvchi mushaklar uchun ham xosdir 
(gavda, bilak, son). Bundan faqatgina barmoqlarning bukuvchi mushaklarigina 
mustasno, qaysiki, uning rivojlanish tempi va qo`shiladigan kuchning o`lchami 
ularda bir muncha yuqori hiboblanadi. 
Gavdaning va oyoqlarning yozuvchi mushaklariga keladigan bo`lsak 
(jumladan, boldir mushagi), o`g`il bolalarda qiz bolalardan ustunlik asosan faqat 
pubertat davrida namoyon bo`ladi va keyingi yillari orta boradi.
Katta ulushdagi antigravitatsion komponentlardan iborat ko`plab jismoniy 
mashqlarda o`z tanasining harakatini o`zgartirishi bo`yicha mushaklarning 
kuchlanishida natijalar MEKning mutlaq o`lchamiga emas, balki nisbiy 
o`lchamiga bog`liq bo`ladi.


45 
4-rasm. Barmoqlar bukuvchi mushaklari kuchini yoshga oid dinamikasi  
(MEK, kg) – A va uning yoshga oid rivojlanish tezligi (V, %) – B qiz bolalar va  
o`g`il bolalarda) (S.N.Kuchkin va boshqalar bo`yicha, 2001).  
Qiz bolalarda nisbiy MEKning yoshga oid dinamikasida o`sishning ikkita 
to`lqini aniqlangan. Birinchisi eng davomiyli “ uzun va ancha yuqori tempdagi 
o`sish (1 yilda 15% gacha) 1“bolalik davri (4 yosh) dan pubertatoldi davrining 
oxirigacha (9 yosh). 10 yoshlik davrida nisbiy MEKning katta (20% gacha) 
kamayishi kuzatiladi. Pubertat davriga bu ko`rsatkichning unchalik tez bo`lmagan 
o`sishining ikkinchi to`lqini keladi. Keyingi yillarda nisbiy MEKning stabillashuvi 
yoki pasayishi kuzatiladi.


46 
O`g`il bolalarda 10 yoshligidan boshlab mushaklar kuchining nisbiy 
o`lchami bo`yicha qiz bolalarga nisbatan jiddiy ustunlik bo`ladi, bu esa 11 
yoshdan 17 yoshgacha davom etib uning o`sishini ancha yuqori templarda 
bajarilishi hisobiga yuz beradi. Shuni qayd qilish kerakki, o`g`il bolalardagi 
singari, qiz bolalarda ham nisbiy MEKning ortishi asosan pubertatoldi davrida yuz 
beradi. Bu holat mushaklarning erkin faoliyatining asab boshqarilishining 
takomillanishi hamda pubertatoldi davridagi mushaklarning tuzilishi va 
xususiyatlari bilan bog`liqdir. Nisbiy MEK bo`yicha turli mushak guruhlarining 
rivojlanishidagi geteroxronlik mutlaq MEKga nisbatan kam namoyon bo`ladi. Qiz 
bolalarda nisbiy MEKning o`sish tezligining eng yuqori cho`qqisi gavdaning 
yozuvchi mushaklar uchun hayotning 5-yilida, yelkani bukuvchilar uchun 6 
yoshda, bolalar mushagi uchun esa 6 yoshdan 10 yoshgacha muddatlarda qayd 
qilinadi.
Umumiy MEKga nisbatan, nisbiy MEKning yoshga oid ortishi juda ko`p 
marta kam namoyon bo`ladi (3-jadval). Masalan, qiz bolalarda 8 yoshdan 17 
yoshgacha bo`lgan muddatda gavdani yozuvchi mushaklarining MEK yiliga 
o`rtacha 26,2% ga ortsa, nisbiy MEK bor-yo`g`i 4,35 ga ortadi. O`g`il bolalarda 
esa, bu ko`rsatkichlar 44,0 va 10,4 % ni tashkil etadi.
Umuman olganda maksimal darajadagi aerobli imkoniyatlar juda katta miqdordagi 
omillarga bog`liq bo`ladi: yosh, jins, jismoniy rivojlanish, biologik yetilishning 
individual tempi, odam hayoti tarkibidagi harakat faolligining darajasi, gavdaning 
tarkibi, geografik muhit, jismoniy madaniyat va sport bilan shug`ullanish, o`qish, 
xizmat, oziqlanish va boshqalar. Qayd qilingan omillarning ``minus“ belgi bilan 
ta`siri qanchalik ko`p bo`lsa, xuddi shunday sharoitda aerobli unumdorlikdagi ish 
bajarish qobiliyati va sog`liqni yo`qotishlar shunchalik ko`p bo`ladi (4-jadval).
4-jadval


47 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling