Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Muskullar rivojlanishi va organizm holatining bir butunligi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Muskullar rivojlanishi va organizm holatining bir butunligi. Son va 
funksional sifatlar, ya`ni muskul to`qimasining qobiliyati ma`lum darajada 
somatofizik jarayonining sifat va optimallik darajasini xarakterlaydi, hamda 
muskul apparatining o`sishi va differensiallash jarayonida koordinatsiyalovchi 
vazifani bajarib, butun organizm tizimlari (yurak-qon tomirlar, nafas olish, 
vegetativ nerv tizimi, metabolizm va energiya bilan ta`minlash tizimi)ning hayot 
faoliyatini ta`minlashda muhim rol o`ynaydi. Muskullar harakat aktivligi markaziy 
nerv tizimi va boshqa somatik organlar faoliyatining bajarilishida muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Muskullar rivojlanishi va harakat ko`nikmalarining tezligi. Bolalarda 
avval yelka va bilak katta muskullari, keyinchalik esa qo`l panjalari muskullari 
rivojlanadi. 6-7 yoshda bola narsalarni to`qish va yasash kabi ishlarni bajaradi. Bu 
yoshlardagi bolalarni yozish ishlarini bajarishga ham o`rgatish mumkin. Lekin, 
yozish mashqlarini o`rgatish qisqa vaqtli bo`lishi zarur, chunki hali qo`l 
panjasining muskullari mukammallashmagan bo`ladi. 8-9 yoshdan boshlab paylar 
mustahkamlanadi va muskullar rivojlanishining kuchayishi hamda muskullar 
hajmining oshishi kuzatiladi. Balog`at yoshiga kelib, nafaqat qo`llar, balki bel
yelka kamari va oyoqlar muskullari ham o`sadi.


33 
14-16 yoshli o`g`il bolalarda muskullarning umumiy massasi va muskullar 
kuchi ikki marta oshadi. 15 yoshdan keyin mayda muskullar intensiv rivojlanadi 
va mayda muskullar ishning aniqligi va koordinatsiyasi mukammalashadi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, jismoniy yuklama jiddiy tarzda me`yorlangan 
bo`lishi zarur.
Bolalarda yuqori harakat faolligini bajarishga mo`ljallangan harakat qilishga 
o`yg`otish va hulq-atvorida stereotiplarni hosil qildirish, organizmning sog`ligini 
tiklashda muhim vazifani bajaradi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling