Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskullar rivojlanishining umumiy xarakteristikasi Muskullarning o`sishi.
Chanoq suyaklari. Chaqaloqlarda chanoq voronka shaklida bo`ladi va
alohida joylashgan birlashmagan suyaklardan tashkil topgan. Yonbosh, o`tirgich va qov suyaklarida suyaklanish yadrosi ona qornidagi rivojlanish davrning 3,5-4,5 oylarida boshlanadi. 12 dan 19 yoshgacha suyaklanishning ikkinchi yadrosi hosil bo`ladi. Muskullar rivojlanishining umumiy xarakteristikasi Muskullarning o`sishi.Yosh o`tishi bilan miofibrillalar qalinlashadi. Masalan, chaqaloqlarda muskul tolasining diametri o`rtacha 7mkm bo`ladi va 16 yoshga yetganda 28 mkm ga yetadi. Muskul tolalarning rivojlanishi bilan bir qatorda muskulning qo`shuvchi to`qimali karkasi endomiziya va perimiziyalar hosil bo`lib boshlaydi va 8-10 yoshga yetganda ularning rivojlanishi tugaydi. Muskullarning o`zunligiga o`sishi 23-25 yoshgacha davom etadi. Ularning o`sishi muskul va paylar chegarasida joylashgan o`sish zonasi hisobiga amalga oshadi. O`sish zonasida yadrolarning to`planish jarayoni kuzatiladi va ularning soni 7 yoshda kamayib boshlaydi va 15-18 yoshda 3 marta kamayadi. 15-16 yoshlarda sarkolemmalarning hosil bo`lish jarayoni tugaydi. Postnatal ontogenez davrida muskullar qo`shuvchi to`qimalarining rivojlanishi yuza birligiga to`g`ri keladigan xujayralar sonining kamayishi bilan xarakterlanadi. Masalan, 3-4yoshda yuza 31 birligiga to`g`ri keladigan qo`shuvchi xujayralarining soni 25-30ga to`g`ri keladi (chaqaloqlarda 50-60). Mionning qalinlikdagi o`sishi miofibrillalar sonining o`sishiga bog`liq. Buning natijasida muskullar massasi avval oshadi (15 yoshgacha yiliga 0,70,8%ga), keyin esa juda tez (15-17 yoshda yiliga 5-6%ga) oshib, 17-18 yoshda muskullar massasi kattalardagi kabi tana og`irligining 40%ni tashkil etadi. Muskullarning qon-tomirlar tizimi va nerv innervatsiyasi 20-25 yoshgacha davom etadi. Butun o`sish davomida muskullar massasi 37 marta, tana massasi esa faqat 21 marta oshadi. Muskullar qisqarishining kuchi bolalarda yosh o`tishi bilan mionlarning qalinlikka o`sishiga bog`liq holda miofibrillalarning umumiy ko`ndalang kesimining ko`payishi va qisman (10%ga) yangi muskul tolalarning paydo bo`lishi natijasida oshadi. O`g`il va qizlarda muskul kuchining ko`rsatgichlari o`sish va rivojlanish davrida har hil bo`ladi. Kichik maktab yoshida (7-8 yosh) o`g`il va qizlarda ko`pgina muskul guruhlarida muskul kuchining kattaligi bir xil bo`ladi, keyin esa o`sish intensivligi o`zgaradi. Qizlarda 10-12 yoshda muskul kuchi o`g`illarga nisbatan intensiv ravishda oshadi. Keyinchalik muskul kuchi o`g`illarda oshadi, ayniqsa bu holat balog`atga yetish yoshida yaqqol ko`zga tashlanadi. Muskul kuchining ko`payishi muskul tolalari diametrining o`sishi hisobiga amalga oshadi. Turli muskullar uchun kuchning maksimal kattaligi yoshga qarab o`zgaradi. Masalan, qo`l va buyin muskullarining kuchi 20-30 yoshlarda, 16 yoshda esa tanani bukuvchi muskullarning kuchi yuqori pog`onaga ko`tariladi. Yosh o`tishi bilan bukuvchi va yozuvchi muskullar o`rtasidagi farq oshib boradi. Yoshga qarab avval qizil muskul tolalarining ulushi oshib boradi. 8 yoshli bolalarda 28%, 15 yoshda 37% va kattalarda 44%ga oshadi. Postnatal davrda muskul to`qimasining massasi 37 marta, skelet massasi esa 27 marta ko`payadi. 32 Hech qanday to`qima bunchalik darajada ko`paymaydi. Shuning uchun, bolaning o`sishi va rivojlanishida son jihatdan muskul va tana-muskul rivojlanishi muhim ahamiyatga egadir. Bir daqiqada ko`rsatgich barmoq bukuvchi muskullarning bajargan ishi 7 yoshda 290 kgm dan 16-18 yoshda 1000-1200 kgm gacha oshadi. Tez harakat qilish qobiliyati 14 yoshda yuqori darajaga yetadi. Muskullar chidamliligining maksimum o`sishi 7-10 yoshda kuzatiladi. Muskullar qisqarishining energiya manbai bo`lib har bir yoshda kreatininfosfat, anaerob glikoliz, uglevodlarning anaerob oksidlanishi, kamroq hollarda esa yog` kislotalari va aminokislotalar hisoblanadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling