Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalar va o`smirlarda suyaklar rivojlanishining umumiy xarakteristikasi
Geterozis samarasi - bu hozirgi zamon aholisining keng
masshtabdagi migratsiyasi va aralash nikohlar sonining ko`payishi bilan bog`liq. Bunda birinchi naslning avlodi jismoniy rivojlanishda vaqtincha imkoniyatga ega bo`ladi. 2. Aholi urbanizatsiyasi (shahar aholisining ko`payishi) va jismoniy rivojlanish tempiga shahar hayotining ijobiy ta`siri. 3. Ekologik sharoitining kam miqdorda yomonlashuvi (ishlab chiqarish radiatsiyasining ko`payishi, transportlardan chiqqan gazlar va ishlab chiqarish korxonalarda mahsulotlarning yig`ilishi, changlanish va boshqalar). Qayd etish lozimki, agar tana bo`yi va kattaligining o`sish tempi doimiy yo`nalishini saqlaganda edi, hatto o`sish ko`rsatgichlarning past darajasi ham bir avloddan ikkinchisiga o`tishda hozirgi zamon odam tanasining kattaligi gigant o`lchamga yetgan bo`lar edi. Ma`lumki, akseleratsiya boakl odamning kelib chiqishi tarixida muhim rol o`ynagan. Akseleratsiya retardatsiya evaziga o`tadi (kontrast bo`yicha oxirgisi bilan o`xshashlikni qabul qiladi) va retardatsiya bilan almashadi (dastlabki holiga qaytadi). Bolalar va o`smirlarda suyaklar rivojlanishining umumiy xarakteristikasi Naysimon suyaklarning uzunasiga o`sishi epifizlarda suyaklanish nuqtasining paydo bo`lguniga qadar o`suvchi tog`ay to`qimasining rivojlanishi hisobiga amalga oshadi va suyaklarning oxirgi qismlarini hosil qiladi. Epifizlarda suyaklanish nuqtasi paydo bo`lgandan so`ng, o`sish jarayoni epifiz va metafizlar orasidagi (metaepifizlar zonada) o`suvchi tog`ay to`qimasi, epifizlarning kattalashishi esa suyaklanish nuqtalarini o`rab turuvchi o`suvchi qo`shuvchi 26 to`qima hisobidan davom etadi. Uzun naysimon suyaklar diafizlarining uzunlashuvi bilan bir vaqtda teskari yo`nalish bo`yicha ham kattalashadi. Bu suyak usti pardasida suyaklanish jarayonining davom etishi natijasida hosil bo`ladi va suyak mag`zi bo`shlig`ida kortikal qavat doimiy rezorbsiyaga uchraydi. Bu jarayonlar natijasida suyaklar kundalangiga kattalashadi va suyak mag`zi bo`shlig`ining hajmi ortadi. Bola hayotining birinchi oylari va yillarida suyak skeletining intensiv ravishda o`sishi bilan bir qatorda, suyak to`qimasining tarkibida bir necha marta qayta tuzilishlar kuzatiladi. Suyak to`qimasining biodinamikasi (yangilanishi) jarayoni 1 yoshli bolalar ikki marta 100%, 2 yoshlikda 50-60%, 3-7 yoshlikda 10%, 8 yoshdan so`ng 1%ni tashkil qiladi va prepubertat davrda biroz ko`payadi. Bu yangilanish xarakteristikasi asosan kortikal suyaklarga taalluqlidir, trabekulyar suyak to`qimalarida esa 3-10 marta kam bo`ladi. Intensiv otteogenez va qayta modellash yosh bolalarda suyak to`qimasi zichligi, qattiqligining pasayishi va suyaklar egiluvchanligi hamda har hil deformatsiyalar sonining ko`payishi bilan kechadi. Suyaklar qattiqligi osteoid to`qimaning tog`ay bilan almashish va yosh o`tishi bilan suyak to`qimasidagi minerallashish jarayonining darajasiga bog`liq bo`ladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling