Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Geterozis samarasi - bu hozirgi zamon aholisining keng 
masshtabdagi migratsiyasi va aralash nikohlar sonining ko`payishi bilan bog`liq. 
Bunda birinchi naslning avlodi jismoniy rivojlanishda vaqtincha imkoniyatga ega 
bo`ladi.
2. 
Aholi urbanizatsiyasi (shahar aholisining ko`payishi) va jismoniy 
rivojlanish tempiga shahar hayotining ijobiy ta`siri.
3. 
Ekologik sharoitining kam miqdorda yomonlashuvi (ishlab chiqarish 
radiatsiyasining ko`payishi, transportlardan chiqqan gazlar va ishlab chiqarish 
korxonalarda mahsulotlarning yig`ilishi, changlanish va boshqalar).
Qayd etish lozimki, agar tana bo`yi va kattaligining o`sish tempi doimiy 
yo`nalishini saqlaganda edi, hatto o`sish ko`rsatgichlarning past darajasi ham bir 
avloddan ikkinchisiga o`tishda hozirgi zamon odam tanasining kattaligi gigant 
o`lchamga yetgan bo`lar edi.
Ma`lumki, akseleratsiya “ boakl odamning kelib chiqishi tarixida muhim 
rol o`ynagan. Akseleratsiya retardatsiya evaziga o`tadi (kontrast bo`yicha oxirgisi 
bilan o`xshashlikni qabul qiladi) va retardatsiya bilan almashadi (dastlabki holiga 
qaytadi).
Bolalar va o`smirlarda suyaklar rivojlanishining umumiy 
xarakteristikasi 
Naysimon suyaklarning uzunasiga o`sishi epifizlarda suyaklanish 
nuqtasining paydo bo`lguniga qadar o`suvchi tog`ay to`qimasining rivojlanishi 
hisobiga amalga oshadi va suyaklarning oxirgi qismlarini hosil qiladi. Epifizlarda 
suyaklanish nuqtasi paydo bo`lgandan so`ng, o`sish jarayoni epifiz va metafizlar 
orasidagi (metaepifizlar zonada) o`suvchi tog`ay to`qimasi, epifizlarning 
kattalashishi esa suyaklanish nuqtalarini o`rab turuvchi o`suvchi qo`shuvchi 


26 
to`qima hisobidan davom etadi. Uzun naysimon suyaklar diafizlarining 
uzunlashuvi bilan bir vaqtda teskari yo`nalish bo`yicha ham kattalashadi. Bu 
suyak usti pardasida suyaklanish jarayonining davom etishi natijasida hosil bo`ladi 
va suyak mag`zi bo`shlig`ida kortikal qavat doimiy rezorbsiyaga uchraydi. Bu 
jarayonlar natijasida suyaklar kundalangiga kattalashadi va suyak mag`zi 
bo`shlig`ining hajmi ortadi. Bola hayotining birinchi oylari va yillarida suyak 
skeletining intensiv ravishda o`sishi bilan bir qatorda, suyak to`qimasining 
tarkibida bir necha marta qayta tuzilishlar kuzatiladi.
Suyak to`qimasining biodinamikasi (yangilanishi) jarayoni 1 yoshli bolalar 
ikki marta 100%, 2 yoshlikda “ 50-60%, 3-7 yoshlikda “ 10%, 8 yoshdan so`ng 
1%ni tashkil qiladi va prepubertat davrda biroz ko`payadi. Bu yangilanish 
xarakteristikasi asosan kortikal suyaklarga taalluqlidir, trabekulyar suyak 
to`qimalarida esa 3-10 marta kam bo`ladi.
Intensiv otteogenez va qayta modellash yosh bolalarda suyak to`qimasi 
zichligi, qattiqligining pasayishi va suyaklar egiluvchanligi hamda har hil 
deformatsiyalar sonining ko`payishi bilan kechadi. Suyaklar qattiqligi osteoid 
to`qimaning tog`ay bilan almashish va yosh o`tishi bilan suyak to`qimasidagi 
minerallashish jarayonining darajasiga bog`liq bo`ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling