Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Guruhlararo akseleratsiya
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
Guruhlararo akseleratsiya deganda, ma`lum yoshdagi guruhlarga kirgan
alohida bolalar va o`smirlardagi o`sish hamda rivojlanishning tezlashish jarayoni tushuniladi. Bunday bolalar ushbu yoshdagi bolalar umumiy sonining o`rtacha 15- 20%ni tashkil qiladi. Bular uchun bo`y, katta muskul kuchi va nafas olish tizimining katta imkoniyatlari borligi xarakterlidir. Bunday guruhdagi bolalarda balog`atga yetish jarayoni tez bo`ladi va bo`yning o`sishi erta tugaydi, 15-17 24 yoshlarda. Ko`pgina olimlarning fikricha, ularda psixikaning tez rivojlanish holati kuzatiladi. Maktabga yetilganlik muammosi bilan bog`liq bo`lgan bolalar va o`smirlarning o`sishi hamda rivojlanishida paydo bo`ladigan retardatsiya jarayoni olimlarning qiziqishiga sabab bo`ladi. Retardatsiyali bolalar soni bir xil yoshdagi guruhlar ichida 13-20%ni tashkil etib, bolalarning maktabga borishi va jismoniy yuklamalarni aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Maktabga qabul qilinadigan bolalarda maktabga yetilganlik darajasini aniqlash jismoniy kam rivojlangan bolalar uchun o`z vaqtida maxsus guruh tuzishda yordam beradi va ularni to`g`ri o`quv-tarbiyaviy ishlarga o`rgatish muhim natija beradi. Ba`zi bir hollarda retardatsiyali bolalar sog`ligi buzilishining oldini olish uchun ularning maktabga borishlarini vaqtincha ta`qiqlash zarur bo`ladi. Bolalar va o`smirlarning o`sishi hamda rivojlanishi jarayonida retardatsiyaning biologik mexanizmlari kam o`rganilgan. Bunda endogen va ekzogen omillarning roli katta. Endogen omillarga postnatal ontogenezdagi turli xil irsiy, tug`ma va orttirilgan organik buzilishlar, ekzogen omillarga esa ijtimoiy (sotsial) xarakterga ega bo`lgan omillar kiradi. Akseleratsiya muammosini hal qilish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bolalar va o`smirlarda o`sish hamda rivojlanish jarayonlarining erta boshlanish holati ular uchun o`qitish usullarini, yoshlarda jinsiy, jismoniy va estetik tarbiyaning shakllarini o`zgartirishni, shuningdek, insonning yoshga qarab qobiliyatini, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish jarayonini rejalashtirishni boshqatdan ko`rib chiqishni talab qiladi. Shunisi achinarliki, akseleratsiya jarayoni har doim ham bolalar organizmining funksional imkoniyatlariga ijobiy ta`sir ko`rsatmaydi. Masalan, bolalarda yurakning o`sishi va rivojlanishi tananing o`sishidan orqada qoladi. Yurak normal faoliyatining buzilishi bolalar organizmida yurak-qon tomirlar kasalliklarining kelib chiqishida turtki bo`lib hizmat qiladi. 25 Akseleratsiyaning biologik mexanizmlari hozircha uncha aniq emas. Jismoniy rivojlanish akseleratsiyasi kelib chiqish sabablarining turlicha bo`lishini taxmin qilish mumkin va bular qo`yidagilardan iborat: 1. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling