Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epoxal akseleratsiyasi
Hayot davrlari
Erkaklar Ayollar O`smirlik (yuvinil) 17-21 yosh 15-20 yosh Balog`at yoshi, birinchi davr 21-35 yosh 20-35 yosh Balog`at yoshi, ikkinchi davr 35-60 yosh 35-55 yosh Keksalik davri 60-75 yosh 55-75 yosh Qarilik davri 75-90 yosh 75-90 yosh Uzoq umr ko`ruvchilar 90 yoshdan yuqori 90 yoshdan yuqori Turli xil yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishini yoppasiga tekshirishlar natijasida XX asrda bolalar va o`smirlar organizmi ko`pgina tizimlarining o`sishi va rivojlanishida tezlashish (akseleratsiya) jarayoni kuzatiladi (Akseleratsiya so`zi lotincha acceleration tezlashish, retardatsiya esa sekinlashish ma`nosini anglatadi). O`sish termini hujayralar va uning organik qismini tashkil etuvchi molekulalar sonining ko`payishiga bog`liq bo`ladi va bolalar hamda o`smirlar organizmining uzunligi, hajmi va vaznning ko`payishini bildiradi. 23 Rivojlanish termini bolalar organizmining takomillashishidagi sifat o`zgarishlarini anglatib, bunda barcha to`qima va organlarning tuzilishi, funksiyasining hamda ularning o`zaro munosabatlari va regulyatsiyasining murakkablashish jarayoni tushuniladi (organizmning yetilishi). Bolaning o`sishi va rivojlanishi, son va sifat o`zgarishlar; uzaro chambarchas bog`langan bo`lib, bir-birini ifodalaydi. Organizmning o`sish jarayonida sekin kechuvchi sifat o`zgarishlari bolada yangi sifat belgilarining paydo bo`lishiga olib keladi. Akseleratsiya termini asosan qo`yidagi ikki ma`noni bildirishda foydalaniladi: epoxal va ichki guruh akseleratsiyasi. Epoxal akseleratsiyasi o`tgan avlodlarga nisbatan hozirgi zamon bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishining tezlashishini anglatadi. Masalan, XX asrning 60-80-yillari davomida chaqaloq tanasining o`zunligi 2-2,5sm.ga, og`irligi esa 0,5kg.ga ko`paygan. 15 yoshli bola tanasining o`zunligi 6-10sm.ga, og`irligi esa 310kg.ga oshgan (asr boshidagi o`smirlarga nisbatan). Erta jinsiy yetilishni ta`minlaydigan ichki sekretsiya bezlari tizimi va skeletning ba`zi qismlarining tez o`sishi va rivojlanishi jarayonlari kuzatildi (XX asrning boshidagiga nisbatan ikki yil oldin). O`sishning davomiyligi qisqaradi: XX asrning oxirlarida qizlar va o`smirlarning o`sishi o`rtacha 16-19 yoshda, XX asr boshlarida esa odamlarning maksimal o`sish jarayoni 25-26 yoshlargacha yetgan. Ayniqsa, bolalar va o`smirlar yurak qon tomirlari, nafas olish, harakat tizimlarning o`sishi, rivojlanishida akseleratsiya jarayoni sezilarli darajada namoyon bo`ladi va sport rekordlarining yosharishiga olib keladi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling