Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Umurtqa pog`onasi. Chaqaloqlarda juda harakatchan va egiluvchan 
bo`ladi. Fiziologik egriliklarning paydo bo`lishi tananing og`irlik markazining 
o`zgarishida muhim ahamiyatga egadir. Umutqalar orqadan o`rta chiziq bo`ylab 
ochiq bo`ladi va 7 yoshda yopiladi. Umurtqa o`simtalari uning tanasi bilan 
qo`shilib bitishi 1825 yoshda tugallanadi.
Chaqaloqlarning umurtqa pogonasida faqat dumg`aza egriligi bo`ladi. 
Birinchi bo`lib buyin egriligi 2,5-3 oylikda bola buynini ushlab boshlaganda 
paydo bo`ladi. Egrilikning oldinga egilishi lordoz, deb ataladi. Bola o`tira 
boshlaganda, umurtqa pog`onasining ko`krak qismida orqaga egrilgan 
bo`rtiqlikning paydo bo`lishi lordoz deb ataladi. Bola yura boshlaganda bel 
egriligi paydo bo`ladi.
Shunday qilib, bola 1 yoshga yetganda barcha egriliklar paydo bo`lib 
ulguradi. Bolalarda umurtqa pog`onasining fiksatsiyasi turg`un bo`lmaydi, 
shuning uchun tashqi ta`sirlar natijasida ularning shakli o`zgarishi mumkin. 
Bularga misol qilib, skolioz va patologik yurish (osanka) larni ko`rsatish mumkin. 
Shuning uchun, bolalarning jismoniy tarbiya bilan doimiy shug`ullanishi tananing 
to`g`ri rivojlanishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Ko`krak qafasining suyaklari. Chaqaloqlar qovurg`asi kalta bo`lganligi 
uchun gorizontal joylashadi, shuning uchun ko`krak qafasi maksimal nafas olish
(vxod) holatida bo`ladi. Qovurg`alar o`sishi bilan pastga tushadi. 3 yoshdan 
boshlab nafas olishning ko`krak turiga o`tadi. 12 yoshda ko`krak qafasi nafas 
chiqarish (vixod) holatiga o`tadi va bunda ko`krak qafasi frontal diametrga 
kengayadi. Tog`ay qovurg`alar ona qornidagi rivojlanishning 6-8-haftasida 
suyaklanib boshlaydi. Ikkinchi yadro 8-11 yoshda hosil bo`ladi. Qovurg`alar 


30 
suyak qismining birikishi 18-19 yoshda, boshi va tanasi birikishi esa 20-25 yoshda 
kuzatiladi.
To`sh suyagining suyaklanish jarayoni ikkinchi usul bilan kechadi
suyaklanishning birinchi yadrosi esa uning dastasi va tanasida ona qornidagi 
rivojlanish davridayoq boshlanadi. To`sh suyagining to`liq suyaklanishi 25 yoshda 
tugaydi.
Ko`p hollarda qo`l suyaklarida suyaklanishning birinchi yadrosi embrional 
taraqqiyotning 2-3 oylarida boshlanadi. Oyoqlarning barcha suyaklarida 
suyaklanishning birinchi yadrosi ham embrional rivojlanish vaqtida paydo bo`ladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling