Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Suyaklar tuzilishining yoshga nisbatan xususiyatlari
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyaklar alohida guruhlarining yetilishi.
Suyaklar tuzilishining yoshga nisbatan xususiyatlari. Suyaklanish
jarayoni ona qornidagi davrda suyaklanishning birlamchi yadrolari paydo bo`lgandan so`ng boshlanadi. Bola tug`ilgandan keyin yadrolarning hosil bo`lishi yanada ko`payadi va bular ikkilamchi yadrolar deb ataladi. Odam skeletining butun rivojlanishi davrida ularning soni 806 ga yetadi. Katta odamda suyaklar soni 206 ta, 14 yoshli o`smirda 356 ta bo`ladi. Chaqaloq suyagi tog`ay to`qimalari sonining ko`pligi, suyak usti pardasining qalinligi, qon tomirlarning ko`pligi va gavers kanallarining noto`g`ri joylashuvi bilan xarakterlanadi. Apatit kristallari juda kichik va kollagan tolalarining diametri ham kichik bo`ladi. Yangi paydo bo`lgan suyak to`qimalari suvga boy bo`ladi. Suyakning noorganik moddasi (quruq qoldiq) massaning yarmini tashkil etadi. Bo`larning barchasi suyakni yumshoq, egiluvchan va elastik holatda bo`lishiga sabab bo`ladi. Suyaklar alohida guruhlarining yetilishi. Bosh skeletining yoshga nisbatan xususiyatlari. Bosh suyagi ona qornidagi hayotning 2-oyida rivojlanib boshlaydi. Tug`ilish vaqtida suyaklanish yadrosi barcha bosh suyaklarida bo`ladi, biroq ularning to`liq suyaklanishi postnatal davrda kuzatiladi. Chaqaloqlarda miya suyagining hajmi yuzga qaraganda 8 marta, kattalarda esa 2-2,5 marta katta bo`ladi. 2 yoshda yuz suyagining bosh suyakka nisbati 1:6, 5 yoshda - 1:4 va 10 yoshda 1:3 ga teng bo`ladi. Tishlar chiqishi bilan bu nisbat katta odamlarnikiga yaqinlashadi. Chaqaloqlarda bosh miya suyaklari o`rtasida 3 mm chamasida qo`shuvchi to`qima bilan to`lgan bo`shliqlar bo`ladi. Bo`lar choklar, deb atalib, postnatal davrda kamayib boradi va 30 yoshga yetganda butunlay suyaklanib bitadi. O`qsimon, tojsimon va ensa choklari 3-4 oylikda yopila boshlaydi. Chaqaloqlarda yon liqildoqlar yopiq bo`ladi. Orqa liqildoq 25% chaqaloqlarda ochiq bo`ladi va tug`ilgandan so`ng 4-8 haftalarda yopiladi. Oldingi liqildoq 29 tojsimon va bo`ylama choklarning tutashgan joyiga to`g`ri kelib, 1,5 x 2 sm dan 3 x 3sm gacha kattalikda bo`ladi. Normada oldingi liqildoq 1-1,5 yoshda yopiladi. Bosh miya suyaklarida bo`shliqlar tug`ilgandan keyin paydo bo`ladi. Chaqaloqlarda bosh miya suyaklari kattalarga nisbatan 8 marta yupqa bo`ladi va bir yoshda 3 marta qalinlashadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling