Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Guruhlararo akseleratsiya


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Guruhlararo akseleratsiya deganda, ma`lum yoshdagi guruhlarga kirgan 
alohida bolalar va o`smirlardagi o`sish hamda rivojlanishning tezlashish jarayoni 
tushuniladi. Bunday bolalar ushbu yoshdagi bolalar umumiy sonining o`rtacha 15- 
20%ni tashkil qiladi. Bular uchun bo`y, katta muskul kuchi va nafas olish 
tizimining katta imkoniyatlari borligi xarakterlidir. Bunday guruhdagi bolalarda 
balog`atga yetish jarayoni tez bo`ladi va bo`yning o`sishi erta tugaydi, 15-17 


24 
yoshlarda. Ko`pgina olimlarning fikricha, ularda psixikaning tez rivojlanish holati 
kuzatiladi.
Maktabga yetilganlik muammosi bilan bog`liq bo`lgan bolalar va 
o`smirlarning o`sishi hamda rivojlanishida paydo bo`ladigan retardatsiya jarayoni 
olimlarning qiziqishiga sabab bo`ladi. Retardatsiyali bolalar soni bir xil yoshdagi 
guruhlar ichida 13-20%ni tashkil etib, bolalarning maktabga borishi va jismoniy 
yuklamalarni aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Maktabga qabul qilinadigan 
bolalarda maktabga yetilganlik darajasini aniqlash jismoniy kam rivojlangan 
bolalar uchun o`z vaqtida maxsus guruh tuzishda yordam beradi va ularni to`g`ri 
o`quv-tarbiyaviy ishlarga o`rgatish muhim natija beradi. Ba`zi bir hollarda 
retardatsiyali bolalar sog`ligi buzilishining oldini olish uchun ularning maktabga 
borishlarini vaqtincha ta`qiqlash zarur bo`ladi.
Bolalar 
va 
o`smirlarning 
o`sishi 
hamda 
rivojlanishi 
jarayonida 
retardatsiyaning biologik mexanizmlari kam o`rganilgan. Bunda endogen va 
ekzogen omillarning roli katta. Endogen omillarga postnatal ontogenezdagi turli 
xil irsiy, tug`ma va orttirilgan organik buzilishlar, ekzogen omillarga esa ijtimoiy
(sotsial) xarakterga ega bo`lgan omillar kiradi.
Akseleratsiya muammosini hal qilish muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Bolalar va o`smirlarda o`sish hamda rivojlanish jarayonlarining erta 
boshlanish holati ular uchun o`qitish usullarini, yoshlarda jinsiy, jismoniy va 
estetik tarbiyaning shakllarini o`zgartirishni, shuningdek, insonning yoshga qarab 
qobiliyatini, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish jarayonini 
rejalashtirishni boshqatdan ko`rib chiqishni talab qiladi.
Shunisi achinarliki, akseleratsiya jarayoni har doim ham bolalar 
organizmining funksional imkoniyatlariga ijobiy ta`sir ko`rsatmaydi. Masalan, 
bolalarda yurakning o`sishi va rivojlanishi tananing o`sishidan orqada qoladi. 
Yurak normal faoliyatining buzilishi bolalar organizmida yurak-qon tomirlar 
kasalliklarining kelib chiqishida turtki bo`lib hizmat qiladi.


25 
Akseleratsiyaning biologik mexanizmlari hozircha uncha aniq emas. 
Jismoniy rivojlanish akseleratsiyasi kelib chiqish sabablarining turlicha bo`lishini 
taxmin qilish mumkin va bular qo`yidagilardan iborat:
1. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling