Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Harakat faolligi hajmining yoshga oid dinamikasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

 Harakat faolligi hajmining yoshga oid dinamikasi  
Harakatlar faolligi jiddiy darajada yoshga oid rivojlanish jarayonlariga ta`sir 
ko`rsatadi. Uning darajasi biologik (organizmning harakatlanishiga bo`lgan talabi) 
va ijtimoiy sabablar bilan aniqlanadi.
Harakatlanish faolligi odatda bir kecha-kunduzlik energiya sarfi yoki qadam 
o`lchagichlar ma`lumotlari bilan o`lchanadi. Bu ko`rsatkichlarning yoshga oid 
dinamikasida jinsiy farqlar aniqlanadi (2-rasm).
Harakatlanish faolligining kecha-kunduzlik hajmi o`g`il bolalarda qiz bolalarga 
nisbatan katta. Pubertat oldi davrida, qiz bolalarda jismoniy faollikning kamayishi 
hisobiga ortadi (sport bilan shug`ullanmaslik). Tabiiyki, sport bilan shug`ullanish 
harakatlanish 
faolligining 
hajmini 
oshiradi. 

paytda 
harakatlanish 
funksiyalarining zahirasi va organizmning negativ omillar ta`siriga spesifik 
bo`lmagan chidamliligi ko`p martalab ortishi kuzatiladi (2-rasm).


41 
2-rasm. O`g`il va qiz bolalarda bir kecha kunduzlik qadam o`lchagichlar 
ma`lumotlari bo`yicha harakatlanish faolligining yoshga oid o`zgarishi.  
Harakatlanish sifatining yoshga oid rivojlanishi 
Harakatlanish sifatining yoshga oid rivojlanishi odamlarning genomida 
joylashgan dasturlar bilan oldindan aniqlanadi. Yoshga oid dinamikaning 
individual va jinsiy farqlari genetik jihatdan va undan ham kattaroq darajada 
organizm tuzilmalari rivojlanishining oxirgi darajasi xususiyatlari va funksiyalari 
bilan shartlangan. Harakatlanish sifatlarining ontogenezi uchun progressiv 
bosqichlarda o`sishga, takomillashishga, yetilishga umumiy moyillikning 
mavjudligi xarakterlidir.
Ontogenezda muhit omillaridan faqatgina harakatlanish sifatlariga emas, balki 
organizmning muhim fiziologik tuzilmalariga ham hayotning ikkinchi yilidan 
boshlab harakatlanish faolligi, uning shakli va miqdoriy tavsifi eng kuchli ta`sir 
ko`rsatadi. Bundan tashqari harakatlanish faolligi irsiy nishonlari hamda maishiy, 
professional, sport, o`yin va hokazo faoliyatlarining mazmuni bilan bog`liq 
bo`lgan katta farqlarga ega.
Harakatlanish sifatlarining yoshga oid rivojlanishini, ularning topografik 
shakllanishiga gravitatsiya (yerning tortish kuchi) kuchi va odam tana massasining 


42 
yoshga bog`liq holda o`zgarishi bilan o`zgaradigan ta`sirning yo`nalishi hamda 
harakat faolligining rivojlanishi ta`sir ko`rsatadi.
Ma`lumki, ko`plab harakatlanish sifatlarining rivojlanishi mushaklar 
massasining miqdoriga bog`liq bo`lganligi sababli, ularning yoshga oid 
dinamikasiga oziqlanish ratsionining yetarli bo`lishi va sifati ta`sir ko`rsatadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling