Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Mashq qilish natijasida pulsning, sistolik va daqiqalik hajmning o`zgarishi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

Mashq qilish natijasida pulsning, sistolik va daqiqalik hajmning o`zgarishi 
(kishi tinch turganda) 
Puls Sistolik 
hajm 
(ml)
Daqiqalik 
hajm
(l)
Bir 
soatlik 
hajm (l)
Bir 
kechakunduzlik 
hajm (l)
Mashq qilishdan oldin
77
62
4,8
288,0
6912
Muntazam mashq qilishdan 
keyin
55
103
5,65
339,0
8136
Mushaklarga zo`r keladigan ishda mashq qilgan kishining yurak urishi bir 
oz tezlashgani holda qonning sistolik hajmi oshadi va shuning hisobiga yurakning 


50 
daqiqalik hajmi ko`payadi; mashq qilmagan kishilarda esa sistolik hajmi sal 
oshgani holda yurak tez-tez urib, daqiqalik hajmi shuning hisobiga ortadi.
Mashq qilgan kishilarda qonning kislorod sig`imi ko`payadi, qon reaksiyasi 
u qadar o`zgarmaydi va hokazo. Mashq qilish markaziy asab tizimining faoliyatiga 
bevosita bog`liq. Harakat qilishga doir ko`nikmalar ixtiyoriy harakatlardir, shu 
tufayli ular bosh miya po`stlog`ining shartli reflektor faoliyatiga asoslanadi.
Yuqorida tasvir etilgan o`zgarishlarning hammasi ham bosh miya katta 
yarim sharlari po`stlog`ining faoliyatiga bog`liq. Mashq qilish, chidamli bo`lish, 
organizmni 
chiniqtirish, 
mushaklarni 
unumli 
ishlatishning, 
shuningdek, 
sabotmatonat hosil qilishning birdan-bir usulidir.
Jismoniy mashqlarning nafas tizimiga ta`siri
Odam atmosfera havosidan nafas oladi. Uning tarkibiga quyidagi gazlar 
kiradi; O
2
-20·94%, CO
2
-0·03%, N-79·03%. Nafas chiqaradigan havo tarkibiga esa 
O
2
-16·3%, CO
2
-4%, N-79·7% kiradi. Nafas chiqaradigan havosi tarkibi 
o`zgaruvchan bo`lib, moddalar almashinuvining intensivligi, nafasning tezligi va 
chuqurligiga bog`liq. Bunga organizmga kiradigan va chiqadigan havoning 
solishtirma tarkibi ham dalolat beradi.
Alveolyar havosining tarkibi atmosfera havosi tarkibidan keskin farq qilishi 
tabiiy holdir, chunki nafas olingan havo alveolalari va qon orasida gazlar 
almashinuvida ishtirok etadi. Buning natijasida kislorod qonga va qondan esa 
karbonat angidrid muntazam diffuziya bo`lib turadi. Oqibatda, alveolyar havo 
tarkibida kislorodning miqdori kamayib, karbonat angidrid gazining miqdori esa 
ortadi. Shu vaqtning o`zida alveolyar havoning tarkibi quyidagicha ko`rinadi: 
O
2
14·2-14·6%, CO
2
-5·2-5·7% va N-79-80% (4-rasm).
Nafasning asosiy vazifasi organizmga kislorod yetkazib berish va karbonat 
angidridni chiqarib tashlash bo`lganidan u birinchi navbatda, moddalar 
almashinuvining shiddatiga qarab o`zgaradi. Organizm tinch turgan vaqtda nafas 
olish sekin va yuzaki, ish qilganda esa chuqur va tez bo`ladi.


51 
Jismoniy ish va sport bilan shug`ullanganda kislorod iste`mol qilish bir 
daqiqada 100 ml ortganda qonning daqiqalik hajmi taxminan 800-1000 ml 
ko`payishi aniqlangan. Odam tinch turganda kislorod iste`mol qilish bir daqiqaga 
250-300 ml ga, ish vaqtida esa 4500-5000 ml ga yetishi mumkin. Jismoniy ish 
vaqtida sistolik hajm uch hissa (70 dan 200 ml gacha), yurakning qisqarishlar 
chastotasi 2 va hatto 3 baravar ortgani (daqiqaga 70 dan 150 gacha va hatto 200 
martagacha urgani) uchun ham shunchalik ko`p kislorod tashib berilishi mumkin.
  
4-rasm. O`pkadagi havo hajmlarining nisbatlari. 
Jismoniy mashqlar va jismoniy ish vaqtida qon hujayralarining qon depolaridan 
chiqishi va terlash tufayli qondagi suv kamayishi, buning natijasida esa qonning 


52 
quyuqlanishi va gemoglobin konsentratsiyasining ko`tarilishi, binobarin, qonning 
kislorod sig`imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi.
Jismoniy ish bajarilayotganda o`pka ventilyatsiyasini va qonning daqiqalik 
hajmini oshiradigan sabablardan biri shuki, to`qimalarda sut kislotasi to`planib, 
qonga o`tib turadi. Sut kislotasi karbonat kislotani natriy va kaliy ionlari bilan 
bog`lanishdan mahrum qiladi, shuning natijasida qondagi karbonat angidrid 
tarangligi oshib, nafas markazi bevosita va refleks yo`li bilan qo`zg`aladi. Zo`r 
berib ishlayotgan mushaklarga kislorod yetishmay qoladi va sut kislotasining bir 
qismi parchalanishning oxirgi mahsulotlari bo`lgan karbonat angidrid hamda 
suvgacha oksidlana olmaydi, shuning uchun mushaklar bilan ish bajarilayotganda 
sut kislotasi yig`ilib qoladi. Bunday holatni A.Xill kislorod qarzdorlik deb ataydi.
Mushaklar bilan juda tez ish bajarilayotganda, masalan, sportchilar g`oyat 
og`ir musobaqalarda qatnashganda kislorod yetishmaslik holati bo`ladi.
Jismoniy 
mashqlar 
bilan 
shug`ullanadigan 
paytda 
mushaklardagi 
terimushak reseptorlar (proprioreseptorlar)ning ta`sirlanishi nafas va qon 
aylanishini kuchaytiradigan signal bo`lib qoladi. Bu vaqtda nafas olishning har 
qanday kuchayishida shu reflektor komponent qatnashadi.
Mushaklar bilan bajariladigan bir ish ko`p marta takrorlanganda mushak 
proprioreseptorlarining ta`sirlanishi tufayli nafas olish shartsiz refleks yo`li bilan 
o`zgarishidan tashqari, shartli refleks yo`li bilan ham kuchayadi va tezlashadi. 
Nafas olishning bunday moslashuvchi o`zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan 
oldingi signallar ta`sirida paydo bo`ladi va ishning bajarilishini osonlantiradigan 
o`zgarishlarni, ya`ni to`qimalarining kislorod bilan ta`minlanishini, kuchaytiruvchi 
va sut kislotasining to`planishiga to`sqinlik qiluvchi reaksiyalar kompleksini 
vujudga keltiradi.
Shunday qilib, jismoniy mashg`ulotlar vaqtida mushaklar ishlayotganda 
birinchidan, organizmda ro`y beruvchi kimyoviy o`zgarishlar-karbonat angidrid va 
almashinuvda reflektor ta`sirlar o`pka ventilyatsiyasini oshiradi. Jismoniy ish 
bajarib o`rgangan odamning nafas olishi jismoniy ish qilib o`rganmagan odamning 


53 
nafas olishidan katta farq qiladi. Jismoniy ish qilib, sport bilan doimo 
shug`ullanadigan kishilarda o`pka ventilyatsiyasining ko`payishi, asosan, chuqur 
nafas olish hisobiga bo`ladi. Jismoniy ish qilib o`rganmagan kishilarda esa nafas 
olishning tezlashishi natijasida o`pka ventilyatsiyasi oshadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling