Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Disertatsiya KUMUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqqonlikning fiziologik asoslari
Chaqqonlik eng qisqa vaqt ichida harakatlanish xatti-harakatlarini
bajarish qobiliyatidir. Tezlikning asosan uch xil shakli farqlanadi: yashirin vaqti, yoki yashirin davrning qisqarishi va bo`shashishlari farqlanadigan murakkab va oddiy harakat reaksiyalarning yashirin davrlari; maksimal darajada tez yakka harakatlarni bajarish vaqtining normasi 0,1 s ga teng; harakatlarning maksimal chastotasining normasi 60-80; ilg`orlarda esa 10 soniyadan 120 gacha. Asab-mushak a`zosining, funksional harakatchanligi asab jarayonlarining qo`zg`aluvchanligi va harakatchanligi, mushaklarning tuzilishi va vazifalari hamda hujayralarda AUF va KrF larning miqdoriga bog`liq. Yaxlit harakat tezligi bilan tezlikning namoyon bo`lish fazasi orasida bog`lanish yo`q. Tezlik bu doimo harakat sifatlarining kompleksi, qaysiki harakatda kuchli komponentlar ishtirok etadi. 63 Chaqqonlikning fiziologik asoslari Yashirin davr yoki harakat reaksiyalarining vaqti beshta tarkibdan iborat bo`ladi: 1. Reseptorlarda qo`zg`alishning paydo bo`lishi; 2. Afferent yo`llar bilan impulslarni markaziy asab tizimi orqali o`tkazilishi; 3. Markaziy asab tizimidagi effektorli signal shakllanguniga qadar ketgan vaqt (markaziy tormozlanishi); 4. Markaziy asab tizimidan mushaklargacha boradigan yo`l; 5. Mushaklarning qo`zg`alishi va mexanik faollikning namoyon bo`lishi. Bu bosqichlar orasida eng ko`p vaqtni (50% dan ko`proq) 3-faza egallaydi. Chaqqonlikning zaxirasi va uni takomillashtirilish mexanizmi quyidagilardan iboratdir: 1.Asab-mushak a`zosining qo`zg`aluvchanligi va funksional harakatchanligi ortadi; 2.Sinapslardan o`tish vaqti qisqaradi (mediatorlarni chiqarilishi va diffuziyasi, postsinaptik membranasining depolyarizatsiyalanish tezligi); 3.Asab va mushak tolalari bo`ylab qo`zg`alish jarayonining tarqalish tezligi ortadi; 4. Qisqarayotgan mushaklarga qo`zg`alishni o`tish tezligi ortadi; 5. Mushak tolalarining kaltalanish tezligi ortadi; 6. Mushak tolalarining bo`shashish tezligi ortadi; 7. AUF ning parchalanishi va resintezi tezlashadi; 8. Markaziy tormozlanish vaqti qisqaradi. Chaqqonlikni o`lchash usuli bo`lib xronorefleksometriya, harakatlanuvchi obyektga reaksiya, tepping-test va boshqalar hisoblanadi. Asab markazlarining holatini va mushaklarning qisqaruvchanlik xususiyatlarini tahlil qilish usuli bo`lib, qisqarish va bo`shashishlarini o`rganish hisoblanadi. 64 Qisqarishning o`rtacha vaqti 0,20 s (0,15-0,25); sprinterlarda 0,120,15 s; eng yaxshi sprinterlarda yashirin davr 80-100 ms. Murakkab reaksiyaning vaqti 2-3 marta katta. Chaqqonlik zaxirasi harakatning maksimal darajasi va qisqarishning yashirin davr ko`rsatkichlari bo`yicha 150-200 % ni tashkil etadi, bu paytda bu ko`rsatkichlar 90 dan 30 % gacha pasayishi mumkin; harakatning chaqqonlik zaxirasi faqat 30- 40% gacha pasayadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling