Namangan davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/41
Sana19.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1623339
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Disertatsiya KUMUSH

2. Bo`y uzunligini o`lchash (sm). Tadqiqotlarda bo`y uzunligini o`lchash 
statsionar bo`y o`lchash qurilmasi (GOST 16371–93, 19917–93) yordamida 
standart uslub [70; 10“336-b.; 164; 455“458-b.; 148; 30-b.] bo`yicha amalga 
oshirildi, ya`ni sinovdan o`tkaziluvchi tik turgan holatda, maxsus supada 
oyoqlarning tag qismi juftlangan va gavda tik, yelkalar to`g`ri holatda, qurilma 
ustiga dumg`aza va kuraklar o`rta qismini tegizgan holatda joylashtirildi. Bunda 
gavdaning tovon, dumg`aza, ko`krak oralig`i va boshning ensa sohasi o`lchov 
ustuniga tegib turishi, ko`z sohasi va quloq suprasining pastki qismi bitta tekislikda 
joylashishiga e`tibor qaratildi. Bosh oldinga qaragan, tik holatda ushlanadi, o`lchov 
qurilmasining sirpanuvchi maxsus taxtachasi (planka) bosh ustki qismiga tegizish 
holatigacha tushiriladi va qiymat (sm) qayd qilindi [134; 59“61-b.].
3. Ko`krak qafasi aylanasi uzunligini o`lchash (sm) “ standart uslub [70; 
10“336-b.; 164; 455“458-b.; 148; 30-b.] yordamida amalga oshirildi, bunda 
sinovdan o`tkaziluvchi o`quvchida ushbu ko`rsatkich qiymati santimetrli o`lchov 
tasmasi (GOST R 50444–92) yordamida tinch holatda, maksimal nafas olish, 
maksimal nafas chiqarish holatlarida o`lchandi. Bunda o`quvchilarning ko`krak 
qafasi aylanasi (sm) tik turgan holatda, qo`llar gavda yoni bo`ylab pastga 
tushirilgan holatda, to`sh suyagi chizig`i darajasida o`lchandi (o`lchash aniqlik 
darajasi ±0,5 sm ga teng) [53; 7“14-b.; 30; 3“24-b.].


77 
4. Qo`l kuchini o`lchash (kg). Boshlang`ich sinf o`quvchilarida jismoniy 
rivojlanish darajasini aniqlash uchun qo`l kuchi qiymati (kg) dinamometriya uslubi 
yordamida aniqlandi [134; 59“61-b.].
 
Tajribalarda qo`l kuchi sinovdan o`tkaziluvchi o`quvchi tik turgan holatda, 
kuchi o`lchanayotgan qo`l gavdaga nisbatan 90° burchak ostida bukilgan va 
ikkinchi qo`l pastga tushirilgan holatda, dinamometr asbobi (DPR“30, «Kodeks», 
Rossiya) yordamida o`lchandi. Bunda o`lchash har bir qo`lda 3 martadan 
takrorlandi va eng katta qiymat qayd qilindi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling