Наманган Давлат университети Табиий фанлар ва география факультети биология йўналиши битирувчиси Неъматова Дурдона Оллоёр қизи томонидан 5420100-биология мутахасислиги бакалавр даражасини олиш учун “ Маккажўхори зараркунандаларига қарши


Download 28 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi28 Kb.
#1197280
Bog'liq
рахбар хулосаси икромов


Namangan Davlat universiteti Tabiiy fanlar va geografiya fakul’teti biologiya yo`nalishi bitiruvchisi Ne`matova Durdona Olloyor qizi tomonidan 5420100-biologiya mutaxasisligi bakalavr darajasini olish uchun “ Makkajo`xori zararkunandalariga qarshi foydalanilayotgan biologik va kimyoviy vositalar samaradorligini o`rganish” mavzusidagi bajarilgan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Makkajo`xori va boshqa donli ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish vazifalarini muvaffakiyatli bajarish, ko`p jihatdan zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash ishlarini tashkil etish uchun eng avvalo zararkunandalarni bioekologik xususiyatlarini yangi dehqonchilik sharoitida yana bir bor taxliliy o`rganib chiqish bugungi kundagi biologlar va o`simliklarni himoya qilish bo`yicha agronomlarning bosh vazifalari bo`lishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martda shaxsiy yordamchi dehqon va fermer xo`jaliklarida chorva mollarini ko`paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to`g’risidagi qarorlarini amalga oshirish uchun avval em-xashak bazasini yaratish lozim bo`ladi. Em –xashak ekinlarini kasallik va zararkunandalardan munosib himoya qilish uchun kimyoviy moddalar va biologik agentlardan o`rinli foydalanish juda muhim.
Ne`matova Durdona tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishda Farg’ona vodiysining dehqonchilik uchun tabiiy sharoiti va iqlim xususiyatlari, makkajo`xori o`simligini eng muhim zararkunandalarini bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurashning kimyoviy hamda biologik vositalari, makkajo`xorilarning navlari va ularni botanik tasnifi, makkajo`xori zararkunandalariga qarshi ishlatiladigan foydali hashoratlar, ularni etishtirish va qo`llash shakllari, makkajo`xori doni etishtirishda zararkunandalardan himoya qilishni iqtisodiy samaradorligini ilmiy adabiyotlardan o`rganib, ayrim amaliy ahamiyatga molik tavsiyalar ishlab chiqqan.
Ne`matova Durdona Olloyor qizi tomonidan bajarilgan bitiruv malakaviy ish o`zining mazmuni va sifati bilan amaldagi Nizom talablariga to`la mos keladi. Tayyorlangan bitiruv malakaviy ishini Davlat attestatsiya komissiyasida himoya qilishiga tavsiya etaman.
Bitiruv malakaviya ish rahbari
biologiya kafedrasi dotsenti: b.f.n. E.F.Ikromov
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling