Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Olimjonova Adolatning “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusidagi kurs ishiga
Download 0.64 Mb.
|
Neft tarkibini kimyoviy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalitik kreking sxemasi
- I.6 Neft mahsulotlarini tozalash usullari
I.5 Neftni qayta ishlashning kimyoviy usuli
Haydash usulida juda kam miqdorda (20–30%), sifati past (oktan soni 40–50) bo‘lgan benzin olinadi. Neftni haydab olingan benzin miqdori xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondira olmaydi. Benzin miqdori va sifatini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda qayta ishlashning ikkinchi usuli–kimyoviy usul qo‘llaniladi. Ikkilamchi qayta ishlashda kimyoviy jarayonlar natijasida neft va gaz tarkibidagi uglevodorodlarni yuqori harorat va katalizatorlar ta’sirida o‘zgartirib, yuqori sifatli benzinlar olinadi. Kimyoviy usul 2 xil yo‘nalishdan iborat: Kreking (Parchalash); Reforming (Sifatini yaxshilash). Kreking – neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Uglevodorodlarning 2–7 MPa bosim ostida va yuqori haroratda (470°C-540°C) parchalashga termik kreking deyiladi. Uglevodorodlarning yuqori haroratda (450°C-500°C) va past bosim (0,06-0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida parchalanishiga katalitik kreking deyiladi. Termik krekinglash jarayoni 3 xil bo‘ladi: Yuqori bosim (20-70 atm.) ostida termokrekinglash. Bu usulda 470-540°C da nisbatan yengil fraksiyalar (ligroin)ni qayta ishlab, avtomobil benzinini olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlarini past bosimda termokrekinglash (kokslash, ya’ni struktura o‘zgarishi bilan boradigan haydash jarayoni). Bu jarayonda neft qoldiqlaridagi asfaltsmola moddalari qattiq holdagi mahsulot koksda yig‘iladi. Shu bilan birga vodorodga boy bo‘lgan gazoyl, benzin va gaz hosil bo‘ladi. Suyuq va gaz shaklidagi neft xomashyolarini piroliz qilish. Bu jarayon termokrekingning qattiq rejimda, olib borilishi bo‘lib, har xil xomashyodan foydalanish mumkin. Bunda harorat 700-900°C, bosim esa atmosfera bosimiga yaqin bo‘ladi. Bu ko‘rsatilgan jarayonlar reaksiya zonasida yuqori haroratni (450°C-1200°C gacha) qo‘llash bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat ta’sirida neft xomashyosi parchalanadi (kreking), hosil bo‘lgan uglevodorod molekulalari zichlashadi. Тermik kreking benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar borligi bilan to‘g‘ri haydalgan benzindan farq qiladi hamda oktan soni 30–40% (68-70)ga yuqoriroq bo‘ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki vaqt o‘tishi bilan undagi to‘yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi. Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli (oktan soni yuqori bo‘lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470-540°C) termokre- kingnikiga o‘xshash bo‘lib, lekin reaksiya tezligi yuqori va olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo‘ladi. Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib olinishi 50–60% ni tashkil etadi. Katalitik kreking 450–590°C haroratda va 0,1–0,2 MPa bosimida katalizatorlar (alyumino- silikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o‘tkazishda 40–50% benzin, 30–40% dizel yonilg‘isi va 10–15% gaz fraksiyalari olinadi. Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan takomillashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlarning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi. Shu sababli, bu usulda olingan benzin sifati yuqori bo‘ladi. (3-rasm) 4-rasm. Katalitik kreking sxemasi: 1–pech; 2–bug‘latgich; 3–katalizatorli bunker; 4–radiator; 5–regenerator; 6–rektifikatsiya kolonnasi; 7–gazoseparator. Benzin sifatini yaxshilash uchun reforming usulidan foyda- laniladi. Bu jarayon ham 2 xil yo‘nalishda bo‘ladi: Termik reforming; Katalitik reforming. Тermik reformingda vodorod ishtirokida (4800C-5200C haro- ratda va 3MPa bosim ostida) to‘yinmagan uglevodorodlar to‘yingan holga o‘tishi bilan benzin sifati yaxshilanadi. Katalitik reforming natijasida naften va parafin uglevodorodlar aromatik uglevodorodlarga aylantirilib, benzin tarkibidagi aromatik uglevodorodlar miqdori ortadi. Mahsulot sifatida yuqori oktanli, ya’ni aromatik uglevodorodlari ko‘paygan benzin olinadi. Katalitik reformingda katalizator sifatida platinadan foy- dalaniladi. Jarayon 480°C -540°C da va 2-4MPa bosim ostida alumoplatinali katalizatorlar (platforming) ishtirokida olib boriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni – katalitik izomerlash (aromatizatsiyalash) ham yuqori oktanli benzin olish imkonini beradi. Benzin tarkibidagi yengil normal parafin uglevodorodlarni (N-pentan, N-geksan) izomerlab oktan soni oshiriladi va yuqori oktanli benzinga komponent sifatida qo‘shiladi. Reformingdagi kabi bu jarayon ham alyumoplatina katalizatorlari ishtirokida olib boriladi. I.6 Neft mahsulotlarini tozalash usullari Neftdan olingan distillyatlar (yonilg‘i va moylar) tayyor mahsulot hisoblanmaydi, chunki ularning tarkibida uglevodorod- lardan tashqari, smolali - asfalt moddalari, oltingugurtli birik- malar, organik kislotalar va boshqa kerakmas moddalar bo‘ladi. Mahsulotlar sifatini faqat zararli aralashmalargina emas, balki ba’zi uglevodorodlar (to‘yinmagan uglevodorodlar) ham yomonlashtiradi. Oltingugurtli birikmalar va kislotalar detallarning korroziyalanishini oshiradi, smolali-asfalt moddalari issiq detallarda qurum va lok paydo bo‘lishini ko‘paytiradi, to‘yinmagan birikmalar esa kimyoviy barqarorlikni (saqlash jarayonida tarkibining o‘zgarmasligini) yomonlashtiradi. Erigan qattiq parafinlar qotish haroratini oshiradi, polisiklik uglevodorodlar qovushqoqlik xossa- larini yomonlashtiradi. Gidrotozalash — avtomobil benzinlari, dizel yonilg‘isi tarkibidagi oltingugurtli birikmalari vodorod yordamida tozalanadi. Bu jarayon benzin, kerosin va dizel fraksiyalarini oltingugurt birikmalaridan yuqori harorat va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod ishtirokida vodorod sulfidga birikib, ulardan tozalanadi. Tozalash jarayoni 50 atm.bosim ostida va katalizator ishtirokida olib boriladi. Bu usulda asosan dizel yonilg‘ilari tozalanadi. Keng tarqalgan katalizatorlar - alyumo-kobalt va alyumo-nikel molibdenli katalizatorlaridir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling