Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Olimjonova Adolatning “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusidagi kurs ishiga


Download 0.64 Mb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1556786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Neft tarkibini kimyoviy tahlili

I.7 Neftni tekshirish usullari
Neftni tekshirish turli neft namunalarini o’rganish, ularning fizik va kimyoviy xossalarini aniqlashdan iboratdir. Birinchi navbatda, neftning kimyoviy tarkibini, molekulasida tarmoqlanish va funktsional guruhlar bor yo’qligini aniqlash, oxirgi guruhlarning tabiatini o’rganish va neftning molekulyar massasini aniqlash kerak.
Buning uchun moddalarni o’rganishning hozirgacha ma’lum bo’lgan barcha fizik va kimyoviy usullaridan foydalanish kerak bo’ladi. Neft tarkibida har xil qo’shimchalar bo’lgani uchun, tekshirishdan oldin ularni yaxshilab tozalash muhim rol o’ynaydi. Neftni toza holda ajratib olish uchun fraktsiyalarga ajratib eritish yoki fraktsiyaga ajratib cho’ktirish usullaridan foydalaniladi. Tozalangan neftning eruvchanligini, o’rtacha molekulyar massasini, molekulasining shakli va polidispersligini aniqlash, bu neft xossalarini o’rganishda katta ahamiyatga ega, chunki neftning molekulyar massasi, geometrik shakli va kimyoviy tuzilishi, uning eruvchanligiga, fizik va mexanik xossalariga katta ta’sir etadi. Bu holda molekulyar massa degan tushunchaning fizik ma’nosi yo’qoladi, chunki barcha molekulalar o’zaro kimyoviy bog’lar bilan ulangan bo’lib, eritmaga o’ta olmaydi. Bunday neftning eruvchanligi va molekulyar massasini o’rganishdan tashqari, bir qancha usullar yordamida uning mexanik xossalarini (zichligi, singdirish ko’rsatkichi, refraktsiya, qovushqoqligi, qotish, filtrlanish haroratlari va boshqalarni), termomexanik xossalari, solishtirma massasi va boshqa xossalarini ham o’rganish mumkin. Quyida neftni tekshirishning aytib o’tilgan barcha usullarini alohida–alohida ko’rib chiqamiz.
II Amaliy qism
II.1 Neft tarkibini aniqlashni fizik–kimyoviy usullari.
Bu usullar yordamida neft molekulasining kimyoviy tarkibini va massasini o’zgartirmay turib, uni eritmada yoki qattiq holda tekshirish mumkin. Neft eruvchanlik xossalari jihatidan past molekulyar moddalardan farq qiladi. Past molekulyar moddalarning eruvchanligi ma’lum haroratda o’zgarmas bo’lib, modda miqdoriga bog’liq emas. Neft esa erishdan oldin chegaralangan miqdorda bo’kib, so’ngra istalgan miqdorda eriydi yoki butunlay erimaydi. Buning ustiga, neft polidispers bo’lganligi uchun ulardagi kichikroq molekulalar tez va ko’p miqdorda eriydi. Katta makromolekulalar kam eriydi yoki butunlay erimay, bo’kish bilan chegaralanadi. Neftning bu xossasidan foydalanib, ularni fraktsion eritish va cho’ktirish natijasida bir necha fraktsiyaga ajratish mumkin. Neftning erish jarayonini asosan to’rt bosqichga bo’lish mumkin:
1. Neftning erituvchi bilan aralashmasi. Bu holda, tizimda neft va erituvchi fazalari bo’ladi.
2. Neftning erituvchida qisman bo’kishi. Tizim bo’kkan neft va erituvchi fazalaridan iborat bo’ladi.
3. Neftning eritmaga o’ta boshlashi. Tizimda neftning eritmasi va erituvchining neftdagi eritmasi bor.
4. Neft butunlay erib ketadi va ikkala fazada kontsentratsiya tenglashadi. Agar neft murakkab tuzilishda bo’lsa, ular to’rtinchi bosqichga o’tmaydi. Demak, bu yo’l bilan neftning murakkab yoki yengil fraktsiyasi haqida ma’lumot olish mumkin.
Neft eritmasining xossalarini o’rganishda to’rtinchi bosqich ko’zda tutiladi. Lekin shuni ham aytib o’tish kerakki neftning bir qancha xossalarini (qovushoqlik, osmotik bosim va hokazolarni) o’rganish uchun ularning o’ta suyultirilgan eritmalarini tayyorlash kerak, chunki neft molekulalari katta va uzun bo’lganligidan eritma bilan juda kuchli ta’sirlashib, assotsilangan holda bo’ladi. Natijada neftning alohida molekulasining emas, balki assotsilangan molekulalarining xossasi o’rganiladi. Neftni eritma holida o’rganish usullari ularning qovushoqligi, osmotik bosimi, polidispersligini tekshirishdan iborat.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling