Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Olimjonova Adolatning “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusidagi kurs ishiga


Download 0.64 Mb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1556786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Neft tarkibini kimyoviy tahlili

Fosforni aniqlash. Nikel tigelga 0,05 g polimer, 2 g soda va 3 g natriy peroksid solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Tigel oldin asta sekin, so’ngra esa 10 minut davomida qattiq qizdirilib, aralashma suyuqlantiriladi. Shundan keyin u suvda eritib, filtrlanadida, unga nitrat kislota qo’shiladi. Issiq eritmaga ammoniy molibdat eritmasi quyilganda sariq cho’kma hosil bo’lsa, tekshirilayotgan polimer tarkibida fosfor bor deyish mumkin.
Suv miqdorini aniqlash. Tekshirilayotgan polimerdagi suvning miqdori organik moddalar yordamida haydash yo’li bilan ham aniqlanadi (19.1–rasm).

6–rasm. Polimer tarkibidagi suv miqdorini Dina va Starka usuli bo’yicha aniqlash asbobi:
1– kolba; 2– suv yig’gich; 3– sovutgich.
Rasmda ko’rsatilgan 500 ml hajmli kolba (1) ga tekshirilayotgan polimerdan 100 g, bir necha bo’lakcha pemza va yengil benzin yoki erituvchidan 100 ml solinadi. Kolbaga suv yig’gich (3) nay (2) orqali ulanib, uning ustiga qaytarma sovutgich (4) o’rnatiladi va kolba sekin asta qizdiriladi. Kolba qizdirilayotgan vaqtda suv yig’gichga har sekundda 2–4 tomchi suyuqlik tushishi kerak. Jarayon idish (3) dagi suvning miqdori o’zgarmay qolguncha va suv ustidagi organik suyuqlik tinguncha davom ettiriladi. So’ngra idishdagi suv uy haroratigacha sovutilib, uning hajmi o’lchanadi. Tekshirilayotgan polimerdagi suvning miqdori quyidagi formuladan hisoblab topiladi:

bu formulada:
x–polimerdagi suv miqdori, hisobida;
g–namunaning massasi, g xisobida;
υ–idishga yig’ilgan suvning hajmi, ml hisobida
Polimerdagi kul miqdorini aniqlash. O’zgarmas massadagi tigelga 25 g tekshirilayotgan polimer solinib, tigel asbest qog’ozi teshigiga o’rnatiladi va sekin–asta qizdiriladi. Bu vaqtda polimer o’t olib ketmasligi kerak. Tigeldan uchuvchan moddalar chiqib bo’lgach, tigel mufel pechiga qo’yilib, ichidagi kul oqarguncha quritiladi. So’ngra tigel sovutilib, tortiladi va massasi o’zgarmay qolguncha bir necha bor qizdiriladi. Tekshirilayotgan polimerdagi kulning miqdori quyidagi formuladan hisoblab topiladi:

bu formulada:
x–tekshirilayotgan polimerdagi kulning miqdori, % hisobida;
a–bo’sh tigelning massasi, g hisobida;
a1–tigelning kul bilan birgalikdagi massasi, g hisobida;
g–namunaning massasi, g hisobida.
Xulosa
Kurs ishini tayyorlash davomida neft nima ekanligi, uning tarkibi, neftni tozalash usullari, fizik-kimyoviy tahlili haqida ma`lumotlarni to`pladim, ularni o`rganib taxrirlab chiqdim.
Neftdan olinadigan maxsulotlar xayotimizning ko’plab soxalariga kirib borgan. Neftdan olinadigan benzin, ligroin, dizel, mazut yonilg’i sifatida ishlatiladi. Neftdan olinadigan gaz, turli uglevodorodlar, to’yinmagan uglevodorodlar kimyo sanoatida asosiy xomashyolardan biri. Neftni bejizga “qora oltin” deyilmagani o’z isbotini topdi.
Ushbu kurs ishimdan oliy ta’lim talabalari,tibbiyot sohasiga qiziquvchilar, sirli o’lim sabablari haqida bilmoqchi bo’lganlar, ayrim moddalarni qanday miqdorlari zararli yoki halokatli ekanligini bilmoqchi bo’lganlar, kimyo faniga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling