Namangan Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 5140500-kimyo bakalavr yo`nalishi talabasi Olimjonova Adolatning “Neft tarkibini kimyoviy tahlili” mavzusidagi kurs ishiga


II.3 Neftdan olinadigan organik moddalardagi element va funktsional guruhlarni sifat tahlili


Download 0.64 Mb.
bet10/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1556786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Neft tarkibini kimyoviy tahlili

II.3 Neftdan olinadigan organik moddalardagi element va funktsional guruhlarni sifat tahlili
Azotni aniqlash. Quruq probirkaga bir xil miqdorda tekshiriladigan polimer va kaliy metalli solinadida, aralashib ketguncha qizdiriladi. Natijada, tekshirilayotgan polimer bilan kaliy orasida reaktsiya borib, kaliy tsianid hosil bo’ladi. Issiq probirka stakandagi suvga ohistalik bilan tushiriladi. Probirka sinadi–da, ichidagi qotishma suvda erib ketadi. Eritmadan ozgina olinib, uning ustiga temir (II) – sulg’fat va temir (III) – xlorid eritmalaridan bir necha tomchi va xlorid kislotaning 10 % li eritmasidan ozgina qo’shiladi.
Tekshirilayotgan polimerda azot bo’lsa, eritma ko’karadi va bir ozdan so’ng berlin zangori cho’kadi.
Oltingugurtni aniqlash. Quruq probirkaga bir xil miqdorda tekshirilayotgan polimer va natriy solinadi–da, qotishma hosil bo’lguncha ochiq alangada qizdiriladi. Issiq probirka stakandagi suvga solinsa, probirka sinadida, qotishma suvda erib ketadi. Hosil bo’lgan eritmaga qo’rg’oshin atsetat eritmasidan solinadi. Agar tekshiriladigan polimer tarkibida oltingugurt bo’lsa, qora cho’kma qo’rg’oshin sulg’fid hosil bo’ladi.
Galogenlarni aniqlash. Polimer tarkibida galogen bor yo’qligini bir necha usulda aniqlash mumkin.a) Mis (II)–oksid qo’shilgan ozgina tekshirilayotgan polimer platina simi uchida qizdiriladi. Tekshirilayotgan polimer tarkibida galogen bo’lsa, alanga yashil tusga kiradi.
a) Azoti aniqlangan eritmadan ozgina olib, uning ustiga nitrat kislotaning 10 % li eritmasi bilan kumush nitratning 10 % li eritmasidan ozgina quyiladi. Uning tarkibida galogen bo’lsa, pag’a–pag’a cho’kma xosil bo’ladi.
b) Probirkaga 0,2 g tekshirilayotgan polimer va 0,5 g kimyoviy toza kaltsiy oksid solinib, ochiq alangada qizdiriladi. Qizigan probirka stakandagi 10 ml suvga tushiriladi. Probirka sinib, uning ichidagi qotishma ozgina nitrat kislotada eriydi. Eritma filg’trlab olinib, uning ustiga kumush nitrat eritmasi quyilsa, pag’a-pag’a cho’kma hosil bo’ladi; bu hodisa polimer tarkibida galogen borligini bildiradi.
Brom va yodni aniqlash. Probirkaga ozroq tekshirilayotgan polimer va ozroq natriy solinib, ular qizdiriladi va qizigan probirka suvga botirib sindiriladida, uning ichidagi eritma olinadi (oltingugurt va azot aniqlangandagi kabi). Bu eritmaga ozgina sulfat kislota quyilib, uchdan bir qismi qolguncha bug’latiladi. Eritma ajratish voronkasiga solinib, uning ustiga uch tomchi nitrozil sulfat kislota va 5 ml uglerod sulfid quyiladi. Tekshirilayotgan polimer tarkibida yod bo’lsa, eritma qizil tusga kiradi. Agar eritma qizarmasa, brom aniqlanishi kerak. Buning uchun ajratish voronkasida uglerod sulfid ajratib olinib, eritma dumaloq kolbaga qo’yiladi. Kolba qiyshaytirilib, uning ichiga 0,7 g kaliy bixromatdan va sulfat kislotaning 10 % li eritmasidan esa 6 ml solinadi. Kolbaning og’zini suv bilan chayib, kolba ichiga bir necha bo’lak g’ovak kesak solinadi va eritma qattiq qaynatiladi. Polimer tarkibida brom bo’lsa, kolbaning og’ziga bir bo’lak fluorestsein qog’ozi qo’yilganda, qog’oz pushti tusga kiradi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling